“Barselona” ketma-ket ikkinchi g‘alabasini rasmiylashtirdi

“Barselona” ketma-ket ikkinchi g‘alabasini rasmiylashtirdi
“Barselona” ketma-ket ikkinchi g‘alabasini rasmiylashtirdi

Ispaniya chempionati 2-turidan “Barselona” futbolchilari safarda “Atletik” mehmoni bo‘lishdi. Qiziqarli kechgan o‘yinda atigi bitta gol kiritildi.

Uchrashuvning 21-daqiqasida Ivan Rakitich gol muallifi bo‘ldi va “Barselona” qatorasiga ikkinchi o‘yinda zafar quchdi.

“Atletik” – “Barselona” 0:1

Gol: 0:1 – 21 Rakitich.

“Atletik” – Iraysos, Laport, Boveda, Balensiaga, De Markos, Eraso (Raul Garsiya, 62), Benyat, Susaeta (Muniain, 76), Iturraspe (Mikel Vesga, 62), Inyaki Uilyams, Aduris.

“Barselona” – ter Shtegen, Umtiti (Maskerano, 71), Pike, Alba, Rakitich, Serdji Roberto, Suares (Andre Gomesh, 71), Buskets, Turan (Rafinya, 84), Messi, Suares.

Ogohlantirishlar: Umtiti (10), Buskets (37), Suares (37), Susaeta (45), Iturraspe (56), Serdji Roberto (59), Eraso (62), Benyat (83), Balensiaga (89).
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar