Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Bunyodkor” tajribali mutaxassis Serger Arslonov bilan kelishuvga erishdi. Bu haqida jamoa matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xorvatiyalik murabbiy Ivan Bubalo bilan hamkorlik to‘xtatilgach Anvar G‘ofurov vaqtincha bosh murabbiy lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Arslonov “qaldirg‘ochlar” bosh murabbiyi sifatida ilk o‘yinini “OKMK”ga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 29 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Sergey Arslonov bunga qadar O‘zbekiston U-19 terma jamoasi, “Qizilqum” va “Dinamo” klublarida murabbiy va bosh murabbiy vazifasini bajargan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar