“Qizilqum” – “Lokomotiv” (0:0) o‘rtasidagi o‘yindan keyin mehmonlar ustozi Aleksandr Stoymirovich o‘z fikrlarini aytib o‘tdi.
- Eng avvalo aytishim kerakki, chempionat doirasida uch o‘yindan keyin tanaffusni o‘tkazib, uzoq yo‘lga chiqdik. Shu sababli bo‘lsa kerak, o‘zimiz istagan 3+2 taktikasida o‘ynay olmadik. Ba’zida raqiblar bizga tezroq o‘yin ko‘rsatishga imkoniyat berdi. Ikkinchi bo‘limda esa o‘yingacha bo‘lgan davrda kelishgan, ustida ishlagan narsalarimizni ko‘rsata oldik.
Ikkinchi bo‘limda o‘yinni to‘laqonli nazorat qilib turdik. Raqiblar himoyada to‘p bilan yaxshi muomala qila oldi va biz ularga oldinga o‘tishiga imkoniyat bermadik. Raqiblar 90 daqiqa mobaynida darvozamizga faqatgina bir marta zarba bera oldi xolos. So‘nggi daqiqalardagi vaziyat golga aylanmagani biroz achinarli bo‘ldi. Biroq bu futbol, shunaqasi bo‘lib turadi.
«Qizilqum» yaxshi futbolchilardan tuzilgan yaxshi jamoa. Ular ko‘plab raqiblarga boshog‘riq bo‘lishi aniq. Raqiblar to‘g‘ri o‘yin ko‘rsatdi, biz barchasiga tayyor turgandik. Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Murabbiylar bu o‘yindan zavqlanib, nimalarni o‘zgartirish kerakligini o‘ylab ham qoladi. Biroz afsuslandik. Lekin yana bir bor gol o‘tkazib yubormaganimizdan xursandmiz. To‘rtinchi turga kelib ham mag‘lub bo‘lmadik. Oldinda «Andijon»ga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni boshlaymiz. Ertaga jamoaga dam beramiz va keyin 3 kun davomida uy o‘yinimizga tayyorlanamiz.
“Lokomotiv” matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”