“Andijon” – “Nasaf” (1:1) uchrashuvidan keyin tashkil qilingan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi.
- Bugungi o‘yin menimcha hozirgi chempionatimizdagi eng yaxshi o‘yinlardan biri bo‘ldi. Bunga muhit ham, maydon ham sabab bo‘ldi va qolaversa, ikkala jamoani ham g‘alaba uchun kurashgani turtki kechdi. Bu juda ham quvonarli. Chunki shunday o‘yinlar ko‘p bo‘lsa, chempionatimiz darajasi ko‘tarilgani ko‘rinib turibdi. O‘yinga keladigan bo‘lsak, biz yaxshi boshladik, gol urdik. Ammo standart vaziyatda extiyotkor o‘ynashimiz talab etilgandi. Raqib bu vaziyatni golga aylantirdi. “Andijon”ni o‘rganganimizda ko‘p yuguradigan, jismonan yaxshi va kurashuvchan jamoaligini bugun yana bir bor ko‘rsatdi. Jamoalarda g‘alaba uchun yetarlicha golli imkoniyatlar bo‘ldi. Afsuski, durang bilan tugadi. Ushbu durangdan boshqa klublar manfaatdor bo‘ldilar.
- Uchrashuvda “Nasaf” ikki ochko yo‘qotdi, degan fikrlar aytilyapti...
- Oldimizda maqsad turibdi. Yo‘qotishlar hali hamma jamoada bo‘ladi. Chunki chempionatimizdagi ko‘p klublarning darajasi tenglashib boryapti. Shu bois ochko yo‘qotishlar yuz beradi. Albatta, bugun g‘alaba uchun o‘ynagandik. Ammo “Andijon” o‘z muxlislari qarshisida qanchalik yaxshi o‘yin ko‘rsatishini ham bilardik. Bugun bu holatga yana bir bor amin bo‘ldik. Shunga qaramasdan, biz golli vaziyatdan keyin oddiyroq futbolga o‘tib qoldik. Ikkinchi bo‘limda ayrim o‘zgarishlarni qildik. To‘p nazoratiga o‘tdik va imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Biroq golga aylantira olmadik.
- Javohir Sidiqov nega zaxirada qoldirildi. O‘tgan mavsumda u yetakchilardan biri bo‘lgandi. Bu yil unda biroz pasayish bo‘layotgandek. Stanoyevich to‘g‘risida ham shuni aytmoqchi edim.
- Jamoamizda raqobat bor, o‘yinchilar ko‘p va barchasiga imkoniyat beryapmiz. Javohirga kelsak, “Paxtakor” bilan o‘yindan oldin jiddiyroq jarohat olgandi. 10 kuncha biz bilan mashg‘ulotlarda qatnashmadi. Bu ancha muddat. Jismoniy holati yoki o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagach, o‘z imkoniyatini yo‘qotadi. Barchasiga ishonamiz.
- Zaxiradan maydonga tushganlar o‘yinni qanchalik kuchaytira oldi?
- To‘pni ikkinchi taymda ko‘proq nazorat qildik. Pozitsion hujumlar uyushtirdik. Bunga almashgan futbolchilarning hissasi bo‘ldi.
- Keyingi uchrashuvlarda “Nasaf” ketma-ket “Navbahor”ni qabul qiladi. Bu o‘yindan oldin fikringiz qanday?
- Barcha klub bilan o‘ynay olamiz. Buni isbotlaganmiz. Raqiblarimiz jiddiy. Har bir bahsda yuqori maqsadni ko‘zlab maydonga tushamiz.
“Andijon” matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”