Qozog‘iston Premer-ligasining uchinchi turida amaldagi chempion “Ordabasi” o‘z maydonida “Qayrat”ga 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. O‘yinda mehmonlar darvozasini ishg‘ol qilgan Jasurbek Yaxshiboyev jamoasini mag‘lubiyatdan qutqara olmadi.
Klub rahbariyati bu sensatsion natijani hazm qila olmayapti. Qozog‘iston ommaviy axborot vositalarining yozishicha, “Ordabasi” xo‘jayinlari belaruslik bosh murabbiy Aleksandr Sednevni iste’foga chiqarmoqchi bo‘lyapti.
Rahbariyatning jumbushga kelishiga jamoa ketma-ket ikkita o‘yinda ochko yo‘qotgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
“Ordabasi” avvalgi turda autsayderlardan bir “Atirau” bilan ochko bo‘lishgan edi.
Aleksandr Sednev o‘tgan yili “Ordabasi”ni klub tarixida ilk bor mamlakat chempionligiga olib kelgan edi.
Chempionlik mavsumida belaruslik mutaxassis qo‘l ostida ikki hamyurtimiz – Shahboz Umarov va Bobur Abduxoliqov to‘p tepdi. Mavsum yakunlangach, Bobur o‘zini tarbiyalagan “Nasaf”ga qaytishga qaror qildi. Shahboz esa, faoliyatini Chimkent klubida davom ettiradigan bo‘ldi.
Bobur Abuxoliqov o‘rnini yana bir hujumkor futbolchimiz Jasur Yaxshiboyev egalladi.
Bu uch nafar futbolchimiz Belarus chempionatida “Energetik-BGU”dagi muvaffaqiyatli o‘yinlar orqali xorijlik muxlisu mutaxassislar nazariga tushgan.
Joriy chempionatda Shahboz ham, Jasur ham o‘z iqtidorini namoyish etib kelmoqda. Premer-liga o‘yinlarida Yaxshiboyev dastlabki uchta o‘yinda ikkita gol va bitta assist muallifi bo‘ldi. Umarov esa, o‘z hisobiga bittadan gol va golli pas yozdirib qo‘ydi.
Har ikki futbolchimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod o‘yinlardan hisoblanadi.
Bundan tashqari, Qozog‘iston Premer-ligasida yana ikki nafar o‘zbekistonlik charm to‘p ustasi to‘p tepmoqda.
“Qayrat” mavsum boshlanishidan oldin Rossiyaning “Nijniy Novgorod” jamoasida keyinchalik transfer huquqini to‘liq sotib olish imkoniyati bilan Ibrohimxalil Yo‘ldoshevni bir mavsumga ijaraga oldi.
Iste’dodli himoyachimiz “Qayrat”ning asosiy tarkibida muntazam o‘ynab kelmoqda.
Shuningdek, tajribali hujumchi Shohnazar Norbekov ham bu yildan e’tibor qo‘shni mamlakat chempionatida harakat qilmoqda. O‘zbek hujumchisi xizmatlariga “Qaysar” jamoasi qiziqish bildirib, uni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Umarov va Yaxshiboyev o‘ynayotgan “Ordabasi” rahbariyati tez orada Aleksandr Sednev kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorini e’lon qilishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”