date
views 121

Getji: "Men Xolloueyga qarshi shunday jang qilayki..."

Getji: "Men Xolloueyga qarshi shunday jang qilayki..."
Yengil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Jastin Getji(25-4) Maks Xollouey(25-7) bilan jangi haqida fikr bildirdi.

"Qotillik, betartiblik, qon va adrenalinning tomirlar orqali oqishi - bu mening uslubim. Mening zarar yetkazish qobiliyatim tengsizdir. Maks Xollouey - haqiqiy afsona. Men uni juda hurmat qilaman. Shunga qaramay uni mag‘lub etishga harakat qilaman. Men Maksga qarshi shunday jang qilamanki, shifokorlar jangni to‘xtatishga majbur bo‘ladi”, — deb Getji so‘zlarini keltiradi BJ Penn.

Eslatib o‘tamiz, Jastin Getji hamda Maks Xollouey 14 aprel tongida "UFC 300" turniri doirasida to‘qnash kelishadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Getji: "Men Xolloueyga qarshi shunday jang qilayki..."