
Yengil vazn (70,3 kg) toifasidagi UFC jangchisi Arman Sarukyan divizionning amaldagi chempioni Islom Maxachev bilan revansh jangini o‘tkazish istamoqda. Ma’lumki, 2019 yil aprel oyida Arman UFC dagi ilk jangida hakamlarning qarori bilan dog‘istonlikka yutqazib qo‘ygandi.
"Men har kuni Maxachev bilan revansh haqida o‘ylayman. Ba’zida shunday deb o‘ylab qolaman: men avval, Charlz ustidan g‘alaba qozonaman va so‘ngra Islom Maxachevga qarshi jang qilaman", - dedi Sarukyan.
Eslatib o‘tamiz, 14 aprel kuni AQSH ning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadigan "UFC 300" yubiley turnirida Sarukyan (21-3) oktagonda sobiq chempion Charlz Oliveyra (34-9-1 N/C) bilan to‘qnash keladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar