Pro liganing navbatdagi turida voha derbisi bo‘lib o‘tdi. Unda “Mash’al” o‘z uyida “Sho‘rtan”ni qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan keyin “Sho‘rtan” bosh murabbiyi Anvar Berdiyev savollarga javob qaytardi.
- O‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi. Darvozamizdan to‘p o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng bizda ham imkoniyatlar bo‘ldi, biroq foydalana olmadik. Futbolchilarimiz oldinga chiqishdi va ikkinchi golni ham qo‘yib yubordik. Futbolda gol urish uchun darvozaga tepish kerak. Bizda vaziyatlar bo‘lyapti, ammo foydana olmayapmiz. “Mash’al” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Bu o‘yinni ko‘rib, tahlil qilib chiqamiz.
- Darvozabonni futbolchiga nisbatan “kalla” qo‘yishi shov-shuv bo‘lib ketdi. O‘sha vaziyatni ko‘rdingizmi? Fikringiz qanday?
- To‘g‘risi, o‘sha holatni ko‘ra olmay qoldim. Hozir futbolchim bilan gaplashib oldim. Bu futbolda yomon narsa. Bu narsani oqlab bo‘lmaydi. Kerak bo‘lsa darvozabonimizni jazolashgacha ham boramiz. Uzoqdan nima bo‘lganini ko‘rmay qoldim, ammo ko‘rib chiqamiz va qaror chiqaramiz.
- 5 ta o‘yinchini almashtirdingiz. Zaxiradan maydonga tushganlar qanchalik vazifani uddalay oldilar?
- Jamoa yutqazgandan keyin zaxira futbolchilari ham maydonga tushganda o‘yinni kuchaytira olishmadi, deyish mumkin.
- Kubok o‘yinlari boshlanadi. “Sho‘rtan”ni maqsadi qanday?
- Har bir uchrashuvda g‘alaba uchun to‘p surish. Futbolda omad degan narsa ham bor. Bugun ko‘rdinglar, vaziyatlarni golga aylantirish muammo bo‘lyapti. Raqib darvozabonini ham e’tirof qilish kerak. Chunki “Mash’al” darvozasini yaxshi qo‘riqladi. Darvozabon goldan saqlasa demak jamoasi g‘alaba qozonadi.
- Matbuot anjumaniga kechikib kelishingizga nima sabab bo‘ldi?
- Sababi, futbolchilarimiz bilan qattiq gaplashib oldim. Ulardan shijoat bilan o‘ynashni talab qildim. Agar bunaqangi holat bo‘ladigan bo‘lsa, oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarish juda qiyin bo‘ladi. Shuni tushuntirib, ular bilan gaplashib ancha qolib ketdim.
- “Sho‘rtan”ning keyingi raqibi “Aral”. “Mash’al” bilan bahs jangovar o‘tdi. “Aral” bilan bahs qanday o‘tadi, deb o‘ylaysiz?
- Birinchi navbatda “Mash’al”ga qarshi uchrashuvni tahlil qilamiz. Keyin “Aral” bilan bahsga tayyorgarlikni boshlaymiz. Ko‘p narsani maydonda futbolchilar hal qiladi. Vaziyatlardan foydalanish ustida ko‘proq ishlab, hujumchilarimizdan ko‘prog‘ini talab qilishimizga to‘g‘ri keladi. 4-tur o‘tdiki, hali hujumchilarimiz gol urishgani yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Virus UFC ni dunyoga tanitdi
"Paxtakor"ning o‘yini mutaxassis nigohida: "Menimcha, g‘alaba uchun emas, bir ochkoni saqlab qolish uchun o‘ynadi"
Britaniyada 3 ta harbiy baza uzra UUA parvozi qayd etildi
Rossiya Ukrainaning qator mintaqalariga raketalar bilan hujum qildi
Shavkat Mirziyoyev: «Barcha ijro organlarini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz»
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Asir: Ukraina askarlari otishni internetdagi videolar yordamida o‘rganishadi