
FIFA va OFK Osiyo qit’asidan ishtirok etuvchi jamoalar guruhlarga qay tariqa joylashishiga aniqlik kiritdi.
Unga ko‘ra:
- U-23 Osiyo kubogi g‘olibi — “D” guruhiga;
- U-23 Osiyo kubogi 2-o‘rin sohibi — “C” guruhiga;
- U-23 Osiyo kubogi 3-o‘rin sohibi — “B” guruhiga;
- U-23 Osiyo kubogi 4-o‘rin sohibi pley-off o‘yinida Gvineya bilan o‘ynaydi. G‘olib jamoa “A” guruhidan o‘rin oladi.
Qayd etilganidek, U-23 Osiyo kubogi chempioni hamda ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblari to‘g‘ridan to‘g‘ri Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, Osiyoning to‘rtinchi jamoasi pley-off o‘yinida Gvineyaga qarshi bahs olib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar