
Yevropa “top-5” ligalarida ayrim jamoalar mag‘lubiyatsiz seriyalar qayd etish orqali tarixdan muqim joy olgan.
Muxlislar e’tiboriga o‘z davrida umuman yengilmagan eng kuchli besh jamoa haqidagi ma’lumotlarni havol etamiz.
“Liverpul” – 44 ta o‘yin. 2019–2020 yillar.
Bir yilu bir oy va 27 kun davomida Yurgen Klopp jamoasi 44 ta uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatsiz seriya qayd etdi.
“Yuventus” – 49 ta o‘yin. 2011–2012 yillar.
Antonio Konte o‘rtamiyona klub darajasiga tushib qolayotgan “Yuventus”ni qayta jonlantirdi va yengilmas jamoaga aylantirdi.
“Arsenal” – 49 ta o‘yin. 2003–2004 yillar.
Arsen Venger shogirdlarining mag‘lubiyatsiz seriyasi 49 ta o‘yinga yetganida ularning muvaffaqiyatli yurishiga ashaddiy raqib “Manchester Yunayted” barham berdi.
“Bavariya” Myunxen – 53 ta o‘yin. 2012-2014 yillar.
“Bavariya”ning mag‘lubiyatsiz seriyasi qariyb ikki yil davom etdi.
“Milan” – 58 ta o‘yin, 1991–93 yillar.
Mag‘lubiyatsiz o‘yinlari soni bo‘yicha rekord “Milan”ga tegishli.
E’tiborga molik qolgan seriyalar quyidagicha:
“Barselona” – 43 ta o‘yin. 2017–2018 yillar.
“Nottingem Forest” – 42 ta o‘yin. 1977–1978 yillar.
“Chelsi” – 40 ta o‘yin. 2004–2005 yillar.
“Fiorentina” – 40 ta o‘yin. 1955–1956 yillar.
“Real Sosedad” – 38 ta o‘yin. 1979–1980 yillar.
“Perudja” – 37 ta o‘yin. 1978–1979 yillar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar