18:53 / 08.04.2024
845

Shomurodov o‘zini ko‘rsatmaganda muxlislar meni “o‘ldirib” qo‘yardi!

Shomurodov o‘zini ko‘rsatmaganda muxlislar meni “o‘ldirib” qo‘yardi!
“Kalyari” faoliyatini yoritib kelayotgan tuttocagliari.net sayti Italiya futboli ekspertlaridan biri Vittorio Sanna ham Eldor Shomurodov bilan bog‘liq qiziq voqea haqida yozdi.

- Men ijtimoiy tarmoqlar orqali Eldor Shomurodov boshlang‘ich tarkibda maydonga tushishi kerak, degan fikrni ilgari surganimdan keyin muxlislar hafta davomida meni qattiq tanqid qildi.

“Atalanta”ga qarshi uchrashuvda Eldor Shomurodov ajoyib o‘yin ko‘rsatdi va Tommazo Aujelloning goliga hammuallif bo‘ldi. Agar Eldor Shomurodov bu o‘yinda o‘zini ko‘rsatmaganida, muxlislar meni “o‘ldirib” qo‘yardi
, - deydi Vittorio Sanna.

Darhaqiqat, Eldor Shomurodov o‘z harakatlari bilan o‘yin boshidayoq gol o‘tkazib yuborgan jamoasini kurashga qaytardi va “Kalyari” mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantira oldi.

Vittorio Sanna o‘zbek legionerining “Atalanta”ga qarshi o‘tkazgan uchrashuvdagi foydali jihatlarini quyidagicha sharhlab berdi.

- “Kalyari” ajoyib o‘yin ko‘rsatib, “Atalanta” g‘alabasini taxmin qilinganiga qaramay, o‘yinni o‘z foydasiga hal qila oldi. Bergamoliklar hujumchisi Janluka Skamakka himoyachi Dossenaning e’tiborsizligidan foydalanib, tezkor gol urdi.

“Kalyari”ning o‘yinda kurashga qaytishi, vaziyatni o‘nglashi va hisobni tenglashtirishida asosiy omil bosh murabbiy Klaudio Ranerining to‘g‘ri tanlovi – Eldor Shomurodovga ishonch bildirib, uni yagona markaziy hujumchi sifatida boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirish qarori bo‘ldi.

Statistik ko‘rsatkichlar o‘zbek legioneri keng hudud bo‘ylab o‘ynay olishidan dalolat berardi.

Bu bahsda Shomurodov zarbalari, jamoaning tayanchi bo‘la olgani bilan o‘yin qahramoniga aylandi. Eldor raqib himoyachilarini o‘ziga qaratib, Oristanio va Gaetanoga “Atalanta” himoyasiga bosim o‘tkazish imkonini yaratib berdi.

Hisob tenglashtirilgan vaziyatda bergamoliklarning to‘rt himoyachisi to‘pni egallab turgan Shomurodovga tashlandi, Eldor xotirjam tarzda ularni chalg‘itib, to‘pni Aujelloga aniq va qulay uzatdi. Shu tariqa hisob tenglashdi va vaziyat o‘zgardi.

Bu holat “Kalyari”ni ruhlantirdi, aynan mana shu vaziyatda Klaudio Raneri shogirdlari bu uchrashuvda g‘olib chiqishi mumkinligini tushunib yetdi.

Tanaffuslan keyin murabbiylar shtabi o‘yinchilarni almashtirish orqali g‘alabani ta’minladi. Bu uchrashuv “Kalyari” har qanday jamoa bilan o‘ynay olishi ko‘rsatdi. Bu jamoada o‘yinchilar o‘z joyiga qo‘yilsa, o‘z imkoniyatlariga ishonib to‘p tepsa, “Kalyari” yuqori diviziondagi joyini saqlab qolishiga hech qanday shubha bo‘lmaydi
, - dedi Vittorio Sanna.

“Kalyari” futbolchilari navbatdagi uchrashuvni 14 aprel kuni A Seriyada peshqadamlik qilayotgan va chempionlikka yaqinlashib borayotgan “Inter”ga qarshi raqib maydonida o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov o‘zini ko‘rsatmaganda muxlislar meni “o‘ldirib” qo‘yardi!