
"Real" va "Manchester Siti" to‘qnashuvining dastlabki o‘yinida kuchlar teng keldi. Mazkur bahsda 6 marta darvozalar ishg‘ol qilingan bo‘lishiga qaramay, turnir to‘purari Erling Xoland bitta ham golda ishtirok eta olmadi.
Hujumchi o‘yin davomida 20 bora to‘pga teginib, sheriklariga 6 ta aniq pas bera oldi. Shuningdek, mezbonlar darvozasi tomon bitta zarba yo‘lladi. Karlo Anchelotti norvegiyalik futbolchini qo‘riqlashni Antoni Ryudigerga topshirgan va bu ishni himoyachi uddalay oldi.
Bir haftadan so‘ng jamoalar "Etixad"da yana uchrashishadi. Ushbu bahs oldidan esa "Real" "Malorka", "Siti" "Luton"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar