Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi
Og‘ir vazn toifasida Olimpiya o‘yinlari chempioni, o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov (14-0, 14 KO) va xorvatiyalik Agronom Smakichi (20-2, 18 KO) o‘rtasidagi jang o‘tkazilmaydi. Bu haqda Vesti.kz xabar berdi.
Jalolov va Smakichi o‘rtasidagi jang 14 aprel kuni Toshkentdagi «Humo Arena»da IBA Champions Night turkumidagi boks oqshomi doirasida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq Bahodir betobligini aytib, unda ishtirok etishdan bosh tortdi.
«Afsuski, Bokudagi xalqaro turnirda ishtirok etayotib, shamollab qoldim va kasallikdan aziyat chekdim. Hozir davolanmoqdaman. Shu bois, ahvolimni og‘irlashtirmaslik uchun jamoamiz jangni o‘tkazishdan bosh tortishga qaror qildi. Umid qilamanki, to‘g‘ri tushunasiz», deb bokschi so‘zlarini keltirdi Vesti.kz.
Shu bilan birga, Smakichi karddagi o‘rnini saqlab qoldi - endi u professional faoliyatini boshlagan o‘zbekistonlik yana bir bokschi Jahongir Zokirov (1:0, 1 KO) bilan bahslashadi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi boks oqshomida WBA yo‘nalishi bo‘yicha minimal vazn toifasidagi birinchi raqamli bokschi Hasanboy Do‘smatov (6-0, 5 KO) ispaniyalik Samuel Karmonaga (11-1, 4 KO) qarshi ringga ko‘tariladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi