21:49 / 13.04.2024
1 041

Agron Smakichi: "Bahodir Jalolovda bir kamchilik bor. Agar uni to‘g‘irlasa..."

Agron Smakichi: "Bahodir Jalolovda bir kamchilik bor. Agar uni to‘g‘irlasa..."
Ma’lumki, ertaga “Xumo” arenada “IBA chempionlar oqshomi” tashkil etiladi. Mazkur boks oqshomida Bahodir Jalolov xorvatiyalik Agron Smakichi bilan jang qilishi kerak edi. Biroq, ba’zi sabablarga ko‘ra, Jalolov jang qilmaydigan bo‘ldi va uning o‘rniga Jahongir Zokirov ringga ko‘tariladigan bo‘lgandi. Bugun Face to Face marosimi bo‘lib o‘tdi va biz fursatdan foydalanib, Smakichiga bir nechta savollar bilan murojaat qildik.

- Agron O‘zbekistonga xush kelibsiz!
- Rahmat. Toshkent menga juda yoqdi. Odamlari ham samimiy ekan.

- Agron mag‘lubiyatsiz odimlayotgan vatandoshingiz, og‘ir vazn toifasi vakili Filipp Xrgovich bilan munosabatingiz qanday va u bilan sparring janglarda ishtirok etganmisiz?
- Munosabatlarimiz a’lo darajada. Ha, albatta juda ko‘p bora sparring janglar o‘tkazganmiz. U juda kuchli...

- Aslida, Bahodir Jalolov bilan jang qilishingiz kerak edi. Biroq, raqib o‘zgardi. Bunga qanday munosabat bildirasiz?
- Bo‘ylar, qo‘llarning uzunligi deyarli bir xil. Jalolovga nisbatan Zokirovning tajribasi kam. Nisbatan menga osonroq bo‘ldi, degan fikrdaman.

- Jalolovning professional boksdagi imkoniyatlarini qanday baholagan bo‘lardingiz?
- Albatta, u juda saviyasi yuqori va kuchli bokschi. Uni yorqin kelajak kutmoqda.

- Aytaylik uning Joshua, Fyuri va Usiklarga qarshi imkoniyatlari-chi?
- Bahodir ba’zan qo‘llarini tushirib oladi. Joshua, Fyurilarning zarbalari esa juda og‘ir. Agar, shuning ustida ishlasa, Jalolov ularni yutishga qodir, deb o‘ylayman.

- Bahodirning raqiblari uning ikkilik zarba yo‘llashini bilishadi. Biroq, bunga munosib himoya topa olishmayapti. Siz bunga qanday chora qo‘llamoqchi edingiz?
- Men unga shunday zarba yo‘llash uchun masofa bermasdim. Qisqa masofada ishlardim. Ringga chiqqaningizdan keyin barchasiga tayyor bo‘lishingiz kerak. Menimcha unga munosib himoya qo‘ya olardim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Agron Smakichi: "Bahodir Jalolovda bir kamchilik bor. Agar uni to‘g‘irlasa..."