22:06 / 13.04.2024
137

O‘zbekiston kubogi. "Dinamo" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

O‘zbekiston kubogi. "Dinamo" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi
O‘zbekiston kubogi 1-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "Dinamo" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda jamoalar 2:2 hisobida murosa ko‘chasini tanladi.

11-daqiqada Fransis Narh uzoqdan zarba yo‘llab hisobrni ochgan bo‘lsa, 67-daqiqada Sherzod Esonov hisobni tenglashtirdi. Oradan bir necha daqiqa o‘tgach, samarqandliklar legioneri Joel Kojo jamoasini oldinga olib chiqdi. Uchrashuv so‘ngida Rustam Turdimurodov raqib darvozasini ishg‘oli etib, "burgutlar"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Shu tariqa, ikki klub ham bir ochkodan bo‘lib oladigan bo‘ldi.

«Andijon» – «Dinamo» 2:2
Gol
: 0:1 — 11, Fransis Narx, 1:1 — 67, Sherzod Esanov (Bektemir Abdumannov), 1:2 — 73, Joel Kojo (Sanjar Shoahmedov), 2:2 — 88, Rustam Turdimurodov (Armin Boshnyak).
«Andijon»: 72. Igor Litovka, 9. Levan Arveladze, 10. Ilhom Abdug‘aniyev (7. Sherzod Esanov, 46), 13. Sardor Azimov, 15. Vladimir Bubanya, 17. Farhod Sohibjonov, 28. Islom Mamatkazin, 31. Demir Imeri (26. Muhammadkarim Toirov, 46), 51. Luka Zgurskiy (77. Rustam Turdimurodov, 65), 66. Ilhom Alijonov (5. Abduvohid G‘ulomov, 65), 71. Bektemir Abdumannov (94. Armin Boshnyak, 80).
Zahira: 1. Eldor Adhamov, 11. Sunnatilla Abdullajonov, 14. Abdurahmon Komilov, 21. Ildar Mamatkazin.
«Dinamo»: 1. Farhod Rahmatov, 3. Ulug‘bek Abdullayev, 7. Fransis Narx, 10. Joel Kojo, 11. Damir Temirov (9. Humoyunmirzo Iminov, 64), 17. Salim Mustafoyev, 20. Jurani Fransisko Ferreyra, 21. Anvar Hojimirzayev (58.Xusniddin G‘ofurov, 86), 22. Sanjar Shoahmedov, 23. Farruh Ikromov (8. Xislat Xalilov, 64 (14. Bahodir Nasimov, 90+2), 44. Dushan Miyich.
Zahira: 13. Ravshan Yagudin, 6. Artyom Sokol, 24. Bobur Yorbekov, 77. Vohid Oqbo‘tayev, 99. Muhammadbobur Asadullayev.
Ogohlantirishlar: Ilhom Abdug‘aniyev (19), Bektemir Abdumannov (77).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston kubogi. "Dinamo" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi