Shanba oqshomida Ispaniya futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvalidagi vaziyat bilan ushbu maqola orqali tanishishingiz mumkin.
«Atletiko» — «Jirona» 3:1
Gollar: Grizmann (34 penalti, 50), Korrea (45+6) — Dovbik (4).
«Atletiko» – Oblak, Molina, Savich, Ermoso, Reynildu (Vitsel, 46), Rikelme (Lino, 68), Saul (Morata, 41), Koke, De Paul (Aspilikueta, 75), Korrea, Grizmann (Lorente, 68).
«Jirona» – Gassaniga, Yan Kouto, Erik Garsiya, Blind, David Lopes (Martines, 65), Migel Guterres, Aleish Garsiya, Errera (Portu, 65), Solis (Torre, 57), Dovbik (Stuani, 83), Savio (Fernandes, 83).
Ogohlantirishlar: Saul (25), Errera (32), Korrea (35), Yan Kouto (70), Lorente (90+2).
«Atletiko» «Atletik» xavf solib turgan kuchli to‘rtlikdagi o‘rnini saqlab qolib, Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishi talab etiladi. Ammo shu bilan birga, hafta o‘rtasida Dortmundga bo‘ladigan muhim safarni ham yoddan chiqarmaslik kerak edi va madridliklar maydonga shu xayol bilan chiqib kelishdi. «Jirona»ning tezkor goli ularni reallikka qaytardi, Yan Kouto Dovbikni bo‘sh darvozasiga chiqarib yuborgandi.
Diyego Simeone jamoasi faqat bo‘lim o‘rtalarida o‘ziga kela boshladi va Guterres jarima maydoni ichida to‘pni qo‘l bilan o‘ynagani tufayli belgilangan penaltini Grizmann aniq ijro etdi. Bo‘lim oxirida Saul majburan almashtirilishi «matraschilar» foydasiga ishladi. Uning o‘rniga tushgan Morata arbitr tomonidan birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan oltinchi daqiqada deyarli umidsiz vaziyatda to‘pni saqlab qoldi va Korreani golli pas bilan ta’minladi.
Bu mavsumda o‘zi hisobni ochgan o‘yinlarida yutqazmagan «Jirona» ikkinchi bo‘lim boshida o‘tkazib yuborilgan goldan keyin taslim bo‘ldi, bu vaziyatda Grizmann himoyachilar xatosidan foydalanib, dublni rasmiylashtirdi. Fransuz hujumchisi endi Bellinghemni ortda qoldirgan holda, 21 gol bilan Ispaniyada barcha turnirlar doirasida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi. Uning jamoasi esa nafaqat uchinchi o‘rindagi «Jirona» bilan oradagi farqni qisqartirdi, balki eng yaqin ta’qibchisini besh ballga ortda qoldirmoqda.
«Malyorka» — «Real» 0:1
Gol: Chuameni (48).
«Malyorka» – Raykovich, Maffeo (Radonich, 78), Nastasich, Raillo, Gonsales, Toni Lato, Sanches (Prats, 59), Dani Rodriges (Larin, 86), Morlanes (Maskarel, 59), Samu Koshta (Darder, 59), Muriki.
«Real» – Lunin, Nacho, Ryudiger, Mendi, Militao, Modrich (Karvaxal, 86), Valverde, Dias (Vinisius, 63), Chuameni, Bellinghem (Kamavinga, 64), Vaskes, Xoselu.
Ogohlantirishlar: Raillo (16), Muriki (83), Lunin (85).
O‘tgan haftada kubok finalida yutqazgan «Malyorka» mehmoni bo‘lgan Karlo Anchelotti tarkibda rotatsiya amalga oshirdi. «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushganlardan Rodrigo, Kroos, Karvaxal va Vinisius Junior zaxirada qoldirildi. Tshuameniga ham dam berilishi mumkin edi, ammo YECHLda diskvalifikatsiyaga uchragandi va fransuz futbolchisining kuchini tejashga zarurat yo‘q edi. Ammo, o‘yinning qiyin kechishini tarkibda yulduzlar yo‘qligining o‘zi bilan izohlash o‘rinsiz. Qaymoqranglilar odatda doim «Malyorka» maydonida qiynaladi va «Qirollik klubi» bu yerda so‘nggi uch o‘yindan ikkitasida yutqazgan.
Tanaffusga qadar mehmonlarda eng yaxshi vaziyat Bellinghemning uzoqdan yo‘llagan zarbasi bo‘ldi, bu vaziyatda to‘p to‘singa tegdi. Golni esa ikkinchi bo‘lim boshida Tshuameni urdi. Fransuz futbolchisi jarima maydoni tashqarisida o‘ziga to‘p kelib tushishi bilan o‘ylanib o‘tirmasdan kuchli zarba yo‘lladi va darvozabon rikoshet tufayli hech narsa qila olmadi.
Shu bilan birga, madridliklar qulay vaziyatlarni yo‘qqa chiqarishdi. Braim Dias to‘pni darvozabonning o‘ziga tepdi, Valverde darvozabonni aldab o‘tganidan keyin to‘pni darvoza chizig‘iga yetib kelgan himoyachi Nastasichni mo‘ljallab zarba berishni uddaladi. Agar Lunin Darderning kuchli va aniq zarbasini qaytara olmaganida o‘yin butunlay boshqacha natija bilan tugashi ham mumkin edi. Ammo darvozabon o‘zini ko‘rsatdi va Madridni chempionlikka yaqinlashtirdi. Blankos safar o‘yinlaridagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 12 turga yetkazdi. Bu «Real»ning Anchelotti boshqaruvi davridagi eng yaxshi ko‘rsatkichi.
«Kadis» — «Barselona» 0:1
Gol: Feliks (37).
«Kadis» – Ledesma, Karselen, Viktor Chust (Pires, 83), Usu, Xavi, Navarro (Machis, 77), Aleks Fernandes (Samasseku, 76), Alkaras, Sobrino, Xuanmi (Roxer Marti, 76), Ramos (Maksi Gomes, 52).
«Barselona» – ter Stegen, Fort (Pedri, 62), Kristensen (Kunde, 62), Kubarsi, Alonso, Serxi Roberto, Romeu, Lopes (Rafinya, 80), Joau Feliks (Kasado, 85), Ferran Torres, Roke (Yamal, 62).
Ogohlantirishlar: Kubarsi (26), Alkaras (45+1), Serxi Roberto (45+1), Xavi (64), ter Stegen (77), Roxer Marti (85).
«Barselona»da Levandovski safdan chiqdi, ammo Joau Feliks uning yo‘qligini bildirmadi. Portugaliyalik futbolchi kerakli vaqtda chalqancha uslubidagi zarbasi bilan jamoaga g‘alaba keltirdi. Kataloniyaliklar birinchi bo‘lim oxirida ikkinchi golni urishga yaqin kelgandi, ammo mezbonlar himoyachisi Chust Fermin Lopesning zarbasidan keyin to‘pni darvoza chizig‘i ustidan qaytardi. Bu harakat va tanaffus «Kadis»ga o‘ziga kelib olishga imkon berdi va ikkinchi bo‘limda o‘yin qarama-qarshi kurslarda kechdi.
Mezbonlar raqib darvozasini ham ishg‘ol etishdi, ammo Xuanmi ofsaydga tushib qolgani ma’lum bo‘ldi. Ammo o‘yin xarakteri o‘zgarib bordi va diskvalifikatsiya o‘tayotgan Xavi o‘z shtabiga kerakli ko‘rsatmalarni berganidan keyin ko‘k-anorranglilar uchtalik almashtirishni amalga oshirishdi. Intriga o‘yin oxiriga qadar saqlanib qolgan bo‘lsa-da, mehmonlarning bu o‘zgartirishlari amalda ish berdi. Mezbonlar qolgan vaqt davomida darvoza tomon berilgan zarbalardan ko‘ra raqib oyog‘iga ko‘proq zarba berishiga to‘g‘ri keldi. Endilikda klasikodan oldin (jamoalar hafta o‘rtasida Chempionlar ligasi chorakfinalida javob uchrashuvlarida ham maydonga tushishadi), «Real» va «Barsa»ni sakkiz ochko ajratib turibdi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi