16:00 / 14.04.2024
67

Italiyada kun o‘yini: Turin derbisidagi nursiz durang

Italiyada kun o‘yini: Turin derbisidagi nursiz durang
Shanba oqshomida Italiya futbolida ro‘y bergan asosiy voqea va turnir jadvalidagi vaziyat bilan ushbu maqola orqali tanishishingiz mumkin.

«Torino» — «Yuventus» 0:0
«Torino»
– Milinkovich-Savich, Bellanova (Mazina, 85), Rodriges, Buonjorno, Tamez, Voyvoda (Lazaro, 78), Linetti, Vlashich, Richchi, Sapata, Sanabriya (Okereke, 77).
«Yuventus» – Shchensni, Kambiyazo (Alkaras, 90+5), Danilo, Bremer, Gatti (Aleks Sandro, 78), Kostich (Ayling, 64), Rabio, Lokatelli, Makkenni, Keza (Yildiz, 65), Vlaxovich (Ken, 78).
Ogohlantirishlar: Gatti (44), Richchi (45+2), Voyvoda (45+4), Kambiyazo (69), Linetti (76).

Turin derbisi mehmonlarning tezkor goli bilan boshlanishi mumkin edi, ammo «Torino»ni o‘tgan mavsumda ranjita olgan Vlahovich Kiyezaning ideal pasidan keyin bir necha metrdan yo‘llagan zarbasi bilan ustunni nishonga oldi. O‘yinning yarim soati ortda qolayotganida mehmonlar jamoasi to‘purari yana qulay pozitsiyada paydo bo‘ldi, ammo bu safar uni Serbiya milliy jamoasidagi sherigi Milinkovich-Savich to‘xtatdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Lazaro raqibni ko‘kka sovurilgan vaziyatlar uchun jazolashi mumkin edi, ammo uning zarbasidan keyin to‘p darvoza to‘sini yuqorisidan o‘tib ketdi.

Umuman olganda, bu o‘yinda yaqqol golli vaziyatlar ko‘p bo‘lmadi, o‘yin asosan asablar jangiga aylandi, kurash ko‘p edi, ammo ijodkorlik yetishmadi. Yakunda o‘yin mantig‘iga mos bo‘lgan 0:0 hisobi ikki jamoaga ham o‘z seriyasini davom ettirishga imkon berdi. «Yuventus» derbida 18 o‘yindirki yutqazmayapti (+13=5), bu jamoalar qarama-qarshiligida bunday seriya oxirgi bor 1929 yildan 1939 yilga qadar bo‘lgan davrda kuzatilgan. «Torino» esa o‘z tarixida birinchi bor bir mavsumda qatorasiga 11 ta uy uchrashuvida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Italiyada kun o‘yini: Turin derbisidagi nursiz durang