11:43 / 15.04.2024
416

Hasanboy Do‘smatov “IBA Chempionlar oqshomi”dagi g‘alabasi uchun qancha gonorarni qo‘lga kiritdi?

Hasanboy Do‘smatov “IBA Chempionlar oqshomi”dagi g‘alabasi uchun qancha gonorarni qo‘lga kiritdi?
Foto: BoxingUzbekistan
Xabaringiz bor, “Humo Arena”da 14 aprel, yakshanba kuni “IBA Chempionlar oqshomi” bo‘lib o‘tdi. Eng yengil vazn toifasidagi bokschi Hasanboy Do‘smatov Toshkentda o‘tkazilgan “IBA Chempionlar oqshomi”ning markaziy jangida ringga chiqqan edi.

Oqshomning markaziy jangida ishtirok etgan Hasanboy Do‘smatovga Ispaniya vakili Samuel Karmona raqiblik qildi. IBA chempionlik kamari uchun kechgan jangda ochkolar hisobiga ko‘ra zafar quchgan Hasanboy Do‘smatov 350 ming AQSH dollari miqdoridagi kafolatlangan gonorarga ega bo‘ldi.

Ushbu jang oqshomida A’loxon Abdullayev mo‘g‘ulistonlik bokschini, Iqboljon Xoldarov esa qozog‘istonlik bokschini mag‘lub etgandi. Mujibillo Tursunov esa tanzaniyalik Juma Choki ustidan g‘alaba qozongandi.

Shuningdek, Elnur Abduraimov, Jahongir Zokirov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevlar ham o‘z janglarida g‘alaba qozondi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hasanboy Do‘smatov “IBA Chempionlar oqshomi”dagi g‘alabasi uchun qancha gonorarni qo‘lga kiritdi?