O‘zbekiston terma jamoasining iqtidorli yarim himoyachisi FIFA bilan suhbatda oiladagi rishtalar, katta o‘yinchilardan o‘rganishi va olimpiadadagi maqsadlari haqida gapirdi. Quyida intervyuning o‘zbek tilidagi talqinini taqdim etamiz.
— O‘zbekiston olimpiyadada ilk bor qatnashishga chog‘langan;
— 21 yoshli Xolmatov — o‘zbek futbolining o‘sib kelayotgan yulduzi;
— Shu oyda 23 yoshgacha bo‘lgan Osiyo kubogidagi eng yaxshi uch o‘rin Parij-2024ga yo‘llanmani kafolatlaydi.
Diyor Xolmatov 2002 yilda tug‘ilgan payti Oksana Chusovitina allaqachon olimpiadaning oltin medali, bir necha jahon chempioni titullari va ko‘plab boshqa sovrinlarni qo‘lga kiritgandi.
Uch oydan so‘ng o‘zbek futbolining yosh va yorqin umidi Xolmatov va 48 yoshli afsonaviy gimnastikachi Chusovitina Parijdagi Olimpiya shaharchasida birga suhbat qurishlari mumkin.
Chusovitina ayollar o‘rtasidagi har qanday sport turida eng ko‘p ishtirok etishdek sharaf uchun to‘qqizinchi olimpiadaga yo‘l olishga harakat qilayotgan bir paytda Xolmatov faoliyatining boshida turibdi. 21 yoshli futbolchi ushbu oyda bo‘lib o‘tadigan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rar ekan FIFAga Parij-2024dagi olimpiya sahnasida o‘zbek afsonasi bilan birga bo‘lish uning uchun sharaf bo‘lishini aytdi.
"Olimpiadada O‘zbekistondan sportchilarni ko‘rish va ular bilan Parijdagi ishtirok hissiyotlarini bo‘lishish juda qiziqarli bo‘lardi. O‘zbekistonda ko‘plab musobaqalarda medallar uchun kurashadigan ko‘plab ajoyib sportchilar bor, ammo Oksana Chusovitina o‘zgacha. U nafaqat yurtimizda, balki dunyoda ham sport gimnastikasi afsonasi hisoblanadi. U ilk bor 1992 yilgi o‘yinlarda qatnashgan va bo‘lajak Olimpiada uning uchun to‘qqizinchisi bo‘ladi! Uning professionalizmi, chidamliligi va sportdagi uzoq faoliyati boshqalarga namunadir".
Xolmatov shuningek ilhomni uyiga yaqinroq joydan, aniqrog‘i professional futbolchi bo‘lgan otasi Akmaldan olishi mumkin. Ikkisi ham O‘zbekistonning 16 karra chempioni bo‘lmish "Paxtakor"ning "ko‘k-sariq" libosini kiyishgan, shu sabab ota va o‘g‘il o‘rtasidagi aloqalar juda chuqur.
"Men "Paxtakor" tarbiyalanuvchisiman, futboldagi yo‘lim o‘sha yerdan boshlangan va bugungi kunda ham davom etmoqda. Boshqa ko‘plab o‘yinchilar kabi Lionel Messiga havas qilaman, otam esa men uchun asosiy namuna bo‘lib qolmoqda. U ham "Paxtakor"da o‘ynagan va men kabi 8-raqamda to‘p tepgan. Biz hattoki bir xil pozitsiyada o‘ynaymiz!"
O‘zbekiston yoshlar miqyosida so‘nggi yillarda kuchayib bormoqda, ular o‘tgan yili FIFA U-17 Jahon chempionati 1/4 va oldinroq bo‘lib o‘tgan U-20 Jahon chempionatida 1/8 finalga qadar yetib borishdi. Ammo, hozircha olimpiadaga erishilmadi va Xolmatov yetti muvaffaqiyatsiz saralashdan so‘ng ushbu rekordni o‘rnatishga chog‘langan.
"O‘zbekistonning olimpiyada o‘yinlaridagi debyuti barchamiz uchun juda muhim", — deydi u. "Biz ushbu orzuni amalga oshirish uchun bor kuchimizni ishga solishga qaror qilganmiz. O‘zbekistonda futbolni sevishadi va milliy jamoani juda ham emotsional tarzda qo‘llab-quvvatlashadi, bizning saralashdan yo‘l olishimiz esa shubhasiz barcha uchun katta g‘urur va baxtga sabab bo‘ladi".
Xolmatov o‘zbek iqtidorlarining oltin avlodidagi eng muhim qism bo‘lishi mumkin. "Oltilik" va "o‘nlik"da o‘ynay oladigan markaziy yarim himoyachi "Lans" himoyachisi Abduqodir Husanov, Abbos Fayzullayev va Jasurbek Jaloliddinovi bor yulduzli guruhga kiradi. Xolmatovning so‘zlariga ko‘ra, U-23 Osiyo kubogiga boradigan tarkibning ayrim nuqtalari noaniq bo‘lsa ham ular global sport anjumanida uzoq vaqtdan beri orzu qilingan joyga yo‘llanma olishdek vazifani bajarishga tayyorlar.
"Olimpiadaga yo‘l olish bebaho tajriba va o‘zini oliy darajada ko‘rsatish uchun imkoniyat bo‘ladi. Haligacha Tokiodagi o‘yinlarda Ispaniya va Braziliya o‘rtasidagi finalda braziliyaliklar qo‘shimcha daqiqalarda 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgani, ayniqsa Malkomning zaxiradan o‘yinga qo‘shilishi va g‘alaba golini urganini eslayman".
"Olimpiya o‘yinlariga yo‘l olish uchun 23 yoshgacha bo‘lgan Osiyo kubogida yaxshi ishtirok etishimiz kerak va bunga to‘liq tayyormiz. Bunga to‘rt yildan beri tayyorgarlik ko‘ryapmiz va o‘z imkoniyatlarimizni maksimal darajada ko‘rsatishga tayyormiz. Raqiblarimiz ham turnirga tayyorgarlik ko‘rishganini tushunamiz, ammo o‘z kuchimizga ishonamiz va har qanday jamoaga qarshi o‘ynashga tayyormiz".
Xolmatov Maksim Shatskix va Timur Kapadzedek o‘zbek afsonalari qo‘l ostida klublar va milliy darajada ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan holda omadi kelganini biladi. Kapadze bilan esa U-23 turnirida olimpiada teatriga yo‘l olish vazifasiga qo‘yilgan.
"Meni yoshligimdan ajoyib murabbiylar shug‘ullantirgan. "Paxtakor" asosiy tarkibiga tushib Shota Arveladze va Maksim Shatskix bilan ishlash baxtiga muyassar bo‘lganman. Ular o‘z mamlakatlari va avlodlarida zo‘r o‘yinchilar bo‘lishgan va murabbiy bo‘lganlaridan so‘ng o‘zlarining bebaho tajribalarini o‘yinchilarga ulashishmoqda".
"Hozirda U-23 jamoamizda Timur Kapadzedek murabbiyni ko‘rish har qanday futbolchining orzusidir. U yosh iqtidorlar bilan ishlay oladigan va imkoniyati bor o‘yinchilarni ochadigan ajoyib mutaxassis. Kapadze mening pozitsiyamda o‘ynagan, shu sabab menga ko‘plab muhim maslahatlarni beradi".
Tobora tanilib borayotgan bir paytda Yevropaning yetakchi klublari tomonidan kuzatilayotgan Xolmatov misolida nega O‘zbekistonda buncha ko‘p texnik jihatdan iqtidorli o‘yinchilar yetishayotganini tushunish mumkin.
"O‘zbekiston bunga qadar ham hozir ham iqtidorli futbolchilarni yetishtirmoqda. Yosh o‘yinchilarning muvaffaqiyati tinimsiz mehnat, o‘z mahoratini oshirishga bo‘lgan urinish va qo‘yilgan maqsalarga yetish natijasidir. Murabbiylarimiz doim bu borada o‘yinchilarga yordam berishga tayyorlar", — deydi u.
"Bolaligimga kelsak, juda ko‘p futbol o‘ynaganman — bu "Paxtakor" akademiyasida va bo‘sh vaqtimda ko‘chada do‘stlar bilan bo‘lgan. Otamning o‘yinini kuzatish yuqori darajadagi maqsadlarga bo‘lgan yo‘limda sezilarli ta’sir etgan".
"Men yosh futbolchi imkon qadar to‘p bilan ishlash, jismoniy taraflama rivojlanish, taktikani o‘rganish va futboldagi idrokni rivojlantirish juda muhimligiga qat’iy tarzda ishonaman". “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi