
"Parma" SSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevga qiziqmoqda. ParmaLive'ning xabariga ko‘ra, italyan klubi A Seriyaga chiqsa O‘zbekiston terma jamoasining 20 yoshli o‘yinchisi borasida taklif berishi mumkin.
"Parma" ayni damda B Seriyada 33 turdan so‘ng 69 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.
Fayzullayev o‘tgan yilning yozidan beri SSKAda o‘ynamoqda. U joriy mavsum "armiyachilari" safida 25ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol va 11ta assist qayd etdi. Transfermarkt uni 5 million yevroga baholamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar