O‘zbekiston U23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Malayziya ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi.
– Avvalambor barchani bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Birinchi o‘yin har bir jamoa uchun qiyin hisoblanadi. Bugun juda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik. Eng muhimi, jarohatlar yo‘q. Tayyorgarlikda davom etamiz, xatolarimizni ko‘rib chiqamiz.
Raqib haqida
– Malayziya ham yaxshi o‘yin namoyish etdi, yaxshi himoyalandi. Aytganimdek, bu musobaqada kuchsiz jamoa yo‘q, hamma bu yerga katta maqsad bilan kelgan.
Jamoa ko‘rsatgan o‘yin va imkoniyatlar haqida
– Biz bundan ham yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi. Biroq startlar har doim ham oson kechmaydi. O‘yin davomida xatolar ham qildik, buni hali ko‘rib chiqamiz. Lekin Malayziya ham yaxshi qarshilik ko‘rsatdi.
Yakuniy ro‘yxat, legionerlar haqida
– Legionerlarimiz bu chempionatda o‘ynashni xohlashdi, bu albatta bizni xursand qiladi. Yakuniy ro‘yxatga 4 ta legioner qo‘shdik. 2 tasi ayni paytda jamoada, yana 2 tasi biroz keyinroq yetib keladi. Tarkibdan joy olmagan futbolchilarga ham rahmat aytmoqchiman. Ular jamoa uchun borini berishdi, tayyorgarligimizda ham muhim o‘rin tutishdi.
Quvaytga qarshi rotatsiya haqida
– Buni ko‘rib chiqamiz, turnir taqvimi juda tig‘iz. Biz hamma futbolchilarimizga ishonamiz, imkoniyat albatta beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi