Shu kunlarda Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kubogi finali bo‘lib o‘tyapti.
Mukofot jamg‘armasi 2,6 million yevroga teng mazkur musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etmoqda. 17 ta sport juftligi qatnashayotgan kecha bo‘lib o‘tgan konkur bahslarida hamyurtimiz, 22-raqam ostida harakat qilgan Nurjon Tuyakboyev va uning «Kvintus» laqabli oti to‘siqlar balandligi 160 sm bo‘lgan yo‘nalishni muvaffiqiyatli bosib o‘tdi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. U atigi ikkita to‘sinni tushirib yubordi, xolos.
Endi Nurjon 3-tartib raqam ostida shvetsiyalik Xenrik fon Ekkerman hamda uning «King Edward» tulporiga qarshi bahsda ishtirok etadi. Bellashuvlar bugun kechki dasturga kiritilgan.
Ma’lumot uchun ta’kidlab o‘tish kerak, Jahon kubogi finali yetakchisi aynan shvetsiyalik ushbu sportchi sanaladi. Musobaqa 20 aprel kuni yakuniga yetadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi