08:08 / 19.04.2024
161

U-23 Osiyo Kubogi. Qatar Iordaniyaga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi

U-23 Osiyo Kubogi. Qatar Iordaniyaga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi
Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo Kubogi guruh bosqichi 2-tur o‘yinlari 18 aprel, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Qatar U-23 terma jamoasi Iordaniyaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 40-daqiqasida Alyazidi hisobni ochdi. 52-daqiqada esa iordaniyalik futbolchi Haj penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi. Hakam qo‘shib bergan daqiqalarda esa qatarlik Almanai jamoasiga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.

A guruhining yana bir o‘yinida Indoneziya Avstraliya bilan to‘qnash keldi. Birinchi bo‘limning so‘ngida Indoneziya futbolchisi Tegu tomonidan urilgan gol terma jamoasiga kichik hisobdagi g‘alabani olib keldi.

2-turdan so‘ng guruhdagi vaziyat quyidagicha ko‘rinish oldi: Qatar 6 ochko bilan peshqadam, Indoneziya hisobida 3 ochko mavjud. Iordaniya 1 ochko bilan 3-pog‘onani band etgan bo‘lsa, Avstraliya 1 ochko bilan guruh autsayderiga aylandi.

U-23 Osiyo Kubogi
2-tur
18 aprel, payshanba

Iordaniya U-23 — Qatar U-23 1:2
Gollar
: 0:1 — 40 Alyazidi, 1:1 — 52 Haj (penalti), 1:2 — 90+14 Almanai

Indoneziya U-23 — Avstraliya U-23 1:0
Gol
: 1:0 — 45 Tegu.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-23 Osiyo Kubogi. Qatar Iordaniyaga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi