Italiya futbolini yoritib borayotgan CENTOTRENTUNO.COM sayti “Kalyari” muxlislari o‘rtasida Eldor Shomurodov bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazdi. Futbol ishqibozlaridan o‘zbek legionerini to‘liq transfer qilinishi bo‘yicha o‘z munosabat bildirishlari so‘raldi.
CENTOTRENTUNO.COM sayti ekspertlari sardiniyalik muxlislarning hamyurtimizga bo‘lgan munosabati keskin o‘zgarganini ta’kidlamoqda.
- Shomurodov ikki oydan ko‘proq maydondan tashqarida qolgani muammo to‘g‘dirishi tahmin qilingandi. Biroq Eldor kutilmagan ishga qo‘l urib, “Kalyari”ni xavfli hududdan uzoqlashtirgan asosiy figuraga aylandi. So‘nggi uchrashuvlardagi uchta goli, bitta assisti hamda faol o‘yin shundan dalolat bermoqda.
Bir necha oy oldin esa, klubda Shomurodovni to‘liq transfer qilish istagi yo‘q edi. Endi bu transfer dolzarb ahamiyat kasb eta boshladi. Shuning uchun tahririyatimiz bu futbolchini “Roma”dan to‘liq transfer qilish borasida muxlislar o‘rtasida so‘rovnoma tashkil qildi.
Albatta, bu transfer amalga oshirilishi uchun “Kalyari” yuqori diviziondagi joyini saqlab qolishi shart. 19 aprel kuni yakunlangan so‘rovnoma natijalari ma’lum bo‘ldi, - deb yozdi centotrentuno.com sayti.
Manbada keltirilishicha, ovoz berganlarning aksariyati Eldor Shomurodovni “Kalyari”da qolishini istamoqda. Lekin bu guruh ikkiga bo‘lingan.
Ovoz berganlarning 67 foizi “Roma” va “Kalyari” klublari o‘tgan yozda o‘zaro kelishib olgan summani o‘zgartirish lozim, degan taklifni bildirdi. Sardiniyaliklar Shomurodovni ijaraga olganida bir mavsum uchun 1 million yevro to‘lagan. Transfer to‘liq amalga oshirilishi uchun yana 9 million yevro atrofida qo‘shimcha pul to‘lanishi kerak. “Roma” Shomurodovni qimmat baholash orqali hujumchiga 2021 yili yozda sarflangan 18 million yevroning ma’lum bir qismini g‘aznaga qaytarishni mo‘ljallagan.
So‘rovnomada qatnashganlarning 27 foizi o‘zbek legionerini “Roma” belgilagan summaga transfer qilishni ma’qullagan va Shomurodov bu xarajatlarni oqlashiga ishonch bildirgan.
Qolgan 6 foiz respondent O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardoriga ko‘rsatgan xizmatlari uchun minnatdorlik bildirib, klubdan ketishiga ruxsat berish kerak, degan g‘oyani ilgari surgan.
Ekspertlar Eldor Shomurodov keyingi bir oy ichida muxlislar fikrini keskin o‘zgartirib yuborganini ta’kidlamoqda. Qolaversa, “Kalyari” bosh murabbiyi Klaudio Raneri ham hujumchimizdagi ijobiy o‘zgarishlarni tasdiqladi.
- Shomurodov tezkor, sifatli va maqsad sari intiladigan o‘yinchi. U o‘z darajasiga qaytdi, - dedi Klaudio Raneri.
“Kalyari” va Eldor Shomurodov o‘zaro hamkorlik masalasini mavsum yakunlanganidan keyin muhokama qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin