A Seriya doirasida bo‘lib o‘tgan "Kalyari" - "Yuventus" bahsida durang qayd etildi.
Uchrashuvda Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi. “Kalyari” o‘yinni faol boshladi va 30-daqiqaga kelib, hisobni ochdi. Gaetano penaltini aniq amalga oshirdi. 36-daqiqada Mina ham penaltidan unumli foydalandi. Birinchi bo‘lim “Kalyari”ning ustunli bilan yakun topdi.
Ikkinchi bo‘lim boshida esa “Yuventus” o‘ziga kelib oldi. 61-daqiqada Dushan Vlahovich hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. 87-daqiqada esa Dossena avtogol muallifiga aylanib, uchrashuv durang bilan yakunlanishiga sababchi bo‘ldi.
Qayd etib o‘tish joiz, Shomudorov 79-daqiqada o‘z o‘rnini Violaga bo‘shatib berdi.
Ushbu o‘yindan keyin "Kalyari" turnir jadvalida 13-o‘ringa chiqib olgan bo‘lsa, "Yuventus" 3-pog‘onada qoldi.
"Kalyari" – "Yuventus" 2:2
19 aprel, 23.45, «Sardenya»
Gollar: 1:0 – 30, penalti Gaetano, 2:0 – 36, penalti Mina, 2:1 – 61 Vlaxovich, 2:2 – 87, avtogol Dossena.
"Kalyari" – Skuffet, Mina, Xatsidyakos (Veteska, 87), Dossena, Audjello, Nandes (Dzappa, 79), Makumbu, Sulemana (Prati, 46), Gaetano (Deyola, 69), Luvumbu, Shomurodov (Viola, 79).
"Yuventus" – Shchensni, Danilo, Bremer, Gatti, Kambyazo (Ayling, 86), Vea (Makkenni, 68), Rabo, Lokatelli (Milik, 74), Alkaras (Yildiz, 46), Keza, Vlaxovich.
Ogohlantirishlar: Shchensni (35), Luvumbu (45+2), Vea (45+2), Bremer (48), Nandes (60). “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi