17:45 / 20.04.2024
215

Kuvayt U-23 bosh murabbiyi: "Futbolda barcha g‘alaba qozonishni xohlaydi, lekin biz yetarli tajribaga ega emasmiz"

Kuvayt U-23 bosh murabbiyi: "Futbolda barcha g‘alaba qozonishni xohlaydi, lekin biz yetarli tajribaga ega emasmiz"
Kuvayt bosh murabbiyi Emiliu Peyshi O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Turnirning dastlabki o‘yinida shogirdlarimda toliqish alomatlari yuzaga kelgandi. Raqib jismonan bizdan kuchliroq tayyorgarlik ko‘rgandi. Umid qilamanki, kelgusi o‘yinlarda natijamizni yaxshilaymiz. Kuvayt musobaqada yetarli tajribaga ega emas, shu bois buni normal holat sifatida qabul qilish kerak. O‘zbekiston bilan bir qatorda Malayziya ham kuchli jamoalar sanaladi. Futbolda barcha g‘alaba qozonishni xohlaydi. Bunday o‘yinlar orqali tajriba orttirishni maqsad qilganmiz. Guruh bosqichi yakuniga qadar bor kuchimizni ishga solishga harakat qilamiz", — dedi portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, "D" guruhi 2-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston U23 - Kuvayt U23 uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kuvayt U-23 bosh murabbiyi: "Futbolda barcha g‘alaba qozonishni xohlaydi, lekin biz yetarli tajribaga ega emasmiz"