Osiyo kubogi 2-turidan o‘rin olgan Quvayt - O‘zbekiston bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda hamyurtlarimiz 5:0 hisobida raqibdan ustun keldi. Uchrashuvdan so‘ng bosh murabbiyimiz Timur Kapadze va bugungi uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi Hojimat Erkinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O‘yin haqida
- G‘alaba bilan halqimizni tabriklayman. Muxlislarga katta rahmat. G‘alaba qozondik va uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Yaxshi o‘yin o‘tkazdik deb o‘ylaymanyu Ko‘p hujum qildik. Keyingi uchrashuvga tayyoragralik ko‘rishni boshlaymiz.
Hojimat Erkinov
- O‘yin haqida
- Halqimizni g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yinni yaxshi boshladik deb o‘ylayman, ammo birinchi bo‘limda kam gol urdik. Ikkinchi bo‘limda esa ko‘proq gol urdik. Umamiy qiliyu aytganda yaxshi o‘yin namoyish etdik va g‘alaba qozondik
- Malayziyaga qarshi uchrashuvdan ko‘nglim to‘lmadi, biz bundan yaxshiroq o‘ynay olamiz degandingiz. Bugungi uchrashuvda jamoa namoyish etgan o‘yin sizga qanchalik yoqdi?
- Birinchi turdagi raqiblarimiz zich himoyalanishdi. Bunday raqibga qarshi o‘ynash oson emas. Bugungi uchrashuvda ancha ishonchliroq harakat qildik. Dastlabki uchrashuvlar qiyin kechadi va shu sababli birinchi uchrashuvda bor kuchimizni namoyish eta olmagandik. Bugun yaxshi o‘ynadik va g‘alaba qozondik.
- Keyingi raqib Vetnam, ular ham turnirda 100 foizlik natija qayd etishmoqda. Keyingi raqib haqida nimalar deya olasiz yoki so‘ngi tur bahsi jamoangiz uchun ahamiyatsizmi?
- Keyingi raqibimiz Vetnam kuchli jamoa ekanligini isbotladi. Barcha 23ta futbolchilarimizni bir darajada deb o‘ylayman va barchaga imkoniyat berishda davom etaman. Keyingi o‘yin ham muhim deb o‘ylayman.
- Guruhimizda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritsak, "S" guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan jamoa bilan to‘qnash kelamiz. "S" guruhida ikkinchi o‘rinni egallashga Iroq, Saudiya va Tailand terma jamoalari da’vogarlik qilmoqda. Qaysi terma jamoa biz uchun qulayroq raqib bo‘ladi deb o‘ylaysiz?
- Birinchi navbatda biz Vetnamga qarshi tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Pley-offda qaysi raqib bo‘lishidan qa’ti nazara o‘zimizga kerakli natijani qo‘lga kiritishmiz kerak. Qaysi raqib bilan o‘ynamalik, maqsadimiz g‘alaba. Kim raqib bo‘lishi esa taqdirga bog‘liq.
Hojimat Erkinov
- Guruhimizda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritsak, "S" guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan jamoa bilan to‘qnash kelamiz. "S" guruhida ikkinchi o‘rinni egallashga Iroq, Saudiya va Tailand terma jamoalari da’vogarlik qilmoqda. Qaysi terma jamoa biz uchun qulayroq raqib bo‘ladi deb o‘ylaysiz?
- Bosh murabbiyning barcha fikrlariga qo‘shilaman. Biz har bir uchrashuvda so‘ngi o‘yindek borimizni berishimiz kerak. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi