
Kuvayt U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Emiliu Peyshi O‘zbekistonga qarshi o‘yin (0:5)dan keyingi matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"O‘zbekiston kuchli jamoa va turnir favoritlaridan biri sanaladi. Bu kabi turnirlarda qatnashish futbolchilarimiz uchun tajriba orttirishga va kelajakda kuchli jamoa shakllantirishga xizmat qiladi.
Kuchli jamoa shakllantirish uchun ko‘proq ishlashimiz kerak. Beshta gol o‘tkazib yuborish biroz ko‘ngilsizlik olib keldi, biroq Malayziyaga qarshi o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz.
Raqib xavfli hujumlarini cheklash maqsadida himoyaviy taktika ishlab chiqqandik, ammo o‘yin mobaynida ko‘p xatoga yo‘l qo‘ydik.
Ikkinchi bo‘limda hujumkor o‘yin namoyish etdik, biroq O‘zbekiston bo‘shliqlardan unumli foydalanib, yana bir necha bor darvozamizga to‘p kiritdi", — dedi portugaliyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga qarshi mag‘lubiyatdan so‘ng Kuvayt musobaqa bilan erta xayrlashdi. Jamoa 3-turni Malayziyaga qarshi o‘tkazadi.
Kuvayt U-23Emiliu PeyshiO‘zbekiston JamoasiFutbol TurniriO‘yindan KeyinHujumkor O‘yin O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing