21:59 / 21.04.2024
125

Aleksandr Xomyakov: "Hakam ishonch hosil qilibdimi, demak penalti bor"

Aleksandr Xomyakov: "Hakam ishonch hosil qilibdimi, demak penalti bor"
O‘zbekiston kubogining 2-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Andijon" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- Umuman olganda yomon o‘yin o‘tkazmadik. Vaziyatlarimiz bo‘ldi, foydalansak hisob bu ko‘rinishda bo‘lmasdi. Birinchi bo‘lim biz uchun yaxshi kechmadi. Ikkinchi bo‘limda faollikni oshirdik, biroq o‘z darvozamizdan o‘tkazib yuborilgan ikkinchi gol bugun bizning kunimiz emasligini ko‘rsatdi. Meni xursand qilgan jihat ham bor, maydonda 10 kishi bo‘lib qolib ham raqibga bosim qilishda davom etdik. Vaziyatlar yarata boshladik va gol ham urdik.

- Penalti belgilangan vaziyat bo‘yicha e’tirozingiz bormi?
- Hakam ishonch hosil qilibdimi, demak penalti bor. Men hozir vaziyat chiziq ustida edi deb aytganim bilan hech narsa o‘zgarmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Xomyakov: "Hakam ishonch hosil qilibdimi, demak penalti bor"