23:48 / 23.04.2024
226

Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak"

Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak"
O‘zbekiston olimpiya terma jamoa Timur Kapadze Vetnam ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (3:0) matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

- O‘yin haqida
- G‘alaba bilan tabriklayman. Yaratganga shukr, guruh bosqichidagi barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozondik. O‘yinga tayyorlagan rejamiz ish berdi va bugun g‘alaba qozondik. Keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishda davom etamiz. Saudiyaga qarshi o‘yin qiziqarli bo‘lishiga shubham yo‘q.

Alisher Odilov

- O‘yin haqida

- O‘zbek halqini g‘alaba bilan tabriklayman. Maqsadimiz keyingi o‘yinlarda ham g‘alaba qozonish.

- Jamoangiz 9 ochko to‘pladi va birorta gol o‘tkazib yubormadi. Guruh bosqichidagi yuz foizlik natija futbolchilaringizning o‘ziga bo‘lgan ishonchini yanada oshiradimi?
- Bunday natija qayd etish yaxshi. Bugun yaxshi o‘ynadik va deyarli raqib hujum qilishiga yo‘l qo‘ymadik. Asosiysi, keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish.

Alisher Odilov
- Guruh bosqichidagi yuz foizlik natija o‘zingiz bo‘lgani ishonchni yanada oshiradimi?
- Ushbu natijani davom etirishimiz kerak. Keyingi qolgan uchta uchrashuvda ham gol o‘tkazmaslikka harakat qilamiz.

- Ikki yil avval finalda Saudiyaga Arabistoniga alamli tarzda mag‘lub bo‘lgandik. O‘sha final alamini olish vaqti keldi. Saudiyani bu safar qanday mag‘lub etmoqchisiz?
- Ikki yil oldingi Saudiya bilan hozirgi Saudiya tarkibida katta o‘zgarishlar bo‘lgan. U vaqt ichida biz ham katta o‘sishga erishdik. Osiyo o‘yinlarida ham Saudiya bilan o‘ynadik va g‘alaba qozondik. Raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar o‘z maqsadimiz sari yurishda davom etamiz. Saudiya ham yaxshi jamoa.

- Jamoangiz musobaqaning eng kuchli jamoalaridan biri ekanligi shubhasiz. Pley-off bosqichida kuchli raqiblar bilan to‘qnash kelishingiz aniq. Ayrim bir murabbiylar kuchli jamoalarga qarshi alohida reja tuzadi. Siz Saudiya kabi kuchli jamoaga qarshi alohida reja tuzib chiqasizmi?
- Albatta. Guruh bosqichida osonroq bo‘ladi. Pley-offda esa Osiyoning eng kuchli jamoalari yig‘iladi. O‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun 2 kun vaqtimiz bor. Saudiyani o‘rganib chiqamiz va yaxshi tayyorgarlik ko‘ramiz. Qanday raqib bo‘lmasin, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak.

- Jamoangiz namoyish etayotgan bunday ishonchli o‘yinning sababi nima deb o‘ylaysiz? "Olimpik" jamoasining tashkil etilgani bunga asosiy sabab deb o‘ylaysizmi? O‘rta Osiyodagi boshqa federatsiyalarga ham shunday yo‘l tutishni maslahat berasizmi? Bunday klub tashkil etilgani terma jamoangizga katta foyda keltirayotganini ko‘rishimiz mumkin. Qo‘shni mamlakatlar ham shunday yo‘l tutsa sizning jamoangizdek natija qayd etishi mumkinmi?

- "Olimpik" jamoasi tashkil etilayotgan chog‘i, ushbu loyihaning maqsadi o‘z klubida o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan yoshlarni bir jamoaga yig‘ib o‘ynatish edi. Bu reja yaxshi ish berdi deb o‘ylayman. Biz ataylab boshqa klublarda o‘z o‘rnini topib ulgurgan futbolchilarni jamoaga jalb etmaganmiz. Hozirgi kunga kelib bizda ikkita tarkibga yetarli kuchli futbolchilar bor. Loyihamiz hali hamon davom etmoqda va "Olimpik" jamoasi Superligada yomon ishtirok etmayapti deb o‘ylayman. Asosiy maqsadimiz hali hamon o‘sha-o‘sha Olimpiadaga yo‘llanmani qo‘lga kiritish.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak"