00:33 / 25.04.2024
569

O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi!

O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi!
Hozirgina Nyu-York shahrida amerikalik mag‘lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan 36 yoshli Terens Krouford (40-0, 31 KO) hamda 29 yoshli hamyurtimiz Isroil Madrimov (10-0-1, 7 KO) ishtirokida ilk matbuot anjumani hamda "Face to face" marosimi bo‘lib o‘tdi.

Butunjahon boks tashkiloti (WBO) Madrimov — Krouford jangi g‘olibi WBO yo‘nalishining vaqtinchalik kamarini qo‘lga kiritishini ma’lum qilgan edi.

Madrimov matbuot anjumanida ishtirok etish uchun AQSHga yo‘l olgani haqida xabar berilgan edi. Aynan shu anjumanda Madrimov — Krouford jangi rasman e’lon qilindi. WBO kamari uchun kechadigan jang 3 avgust kuni Los-Anjeles shahrida o‘tkaziladi.

Ushbu jangda g‘alaba qozongan bokschi WBA jahon chempionlik kamari va WBO vaqtinchalik jahon chempionlik kamari sohibiga aylanadi.

Ma’lumot uchun ushbu vazn toifasida WBO yo‘nalishi chempioni Sebastyan Fundora hisoblanadi.

Qayd etib o‘tish joiz, o‘tgan yilning 30 iyul kuni Krouford hamyurti Errol Spensni to‘qqizinchi raundda texnik nokautga uchratib, yarim o‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylangan edi.

Amerikalik chempion professional ringda o‘tkazgan 40 ta jangining barchasida g‘alaba qozongan. G‘alabalarining 31 tasiga nokaut orqali erishgan.

Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov 8 mart oqshomida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida rossiyalik Magomed Kurbanovni 5-raundda nokautga uchratib, WBA kamarini qo‘lga kiritgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi!