
Tojikiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Pairav Vohidov O‘zbekistonga qarshi uchrashuvdan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
— Avvalo, Tailandga kelib, bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga tashakkur aytmoqchiman. O‘zbekiston bilan o‘yinga kelsak, bu jamoa bilan juda ko‘p o‘yin o‘tkazdik. Jamoaning kuchli tomonlari haqida yaxshi bilamiz. Ertangi bahsda yaxshi o‘yin ko‘rsatib g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Futzalchilarimiz uchrashuvga qadar tiklanishi kerak. Yaxshi natijaga erishamiz, deb o‘ylayman.
Turnir davomida Osiyoning eng yetakchi jamoalariga qarshi o‘yinlar o‘tkazdik. Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar