Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi!

Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi!
Bundesliganing 31-turidan o‘rin olgan "Bayer" - "Shtutgart" bahsida tomonlar durangga imzo chekdi.

Dastlab, mehmonlar ikki gol farqi bilan oldinga chiqib olishgan bo‘lsa, Adli javob qaytardi. 90+6 daqiqada esa Andrix hisobni tenglashtirib ketdi.

Shu tariqa, "Bayer"ning mag‘lubiyatsiz seriyasi davom etadi. Klub 81 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam, "Shtutgart" bo‘lsa 3-o‘rinda.

"Bayer" — "Shtutgart" 2:2
Gollar
: 0:1 – 47 Fyurix, 0:2 – 56 Undav, 1:2 – 61 Adli, 2:2 – 90+6 Andrix.
"Bayer": Gradetski, Frimpong (Tella, 89), Ta (Inkapie, 46), Tapsoba, Kossunu, Grimaldo (Stanishich, 89), Xofmann (Virts, 74), Andrix, Palasios, Adli, Shik (Bonifase, 74).
"Shtutgart": Nyubel, Stergiu (Mvumpa, 81), Anton, Ito, Mittelshtedt, Karazor, Fyurix (Ruo, 81), Miyo (Daud, 74), Leveling (Shtensel, 90), Girassi, Undav (Chjon Vu Yen, 74).
Ogohlantirish: Palasios (31), Undav (41), Kossunu (42), Andrix (58), Miyo (69), Xabi Alonso (70), Mittelshtedt (77), Inkapie (83).
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar