19:43 / 28.04.2024
1 143

Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim"

Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim"
Indoneziya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Shi Tae Yong O‘zbekistonga qarshi kechadigan yarim final bahsi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

- Ertangi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?
- Guruh bosqichidagi 3ta uchrashuvning ikkitasida g‘alaba qozondik. Menimcha A guruhi eng qiyin guruh bo‘lgandi, ammo biz guruhdan keyingi bosqichga yo‘l oldik. Koreyaga qarshi kechgan chorak final bahsi esa juda qiyin kechdi. 120 daqiqa va penaltilar seriyasi. Raqiblar haqida gapiradigan bo‘lsam, O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvini stadiondan kuzatdim va ertangi raqibimizning o‘yini juda tartibli deya olaman. O‘zbekistoning har bir chizig‘ida balans bor. Ertaga ikki jamoa uchun ham oson uchrashuv bo‘lmasligi aniq.

Vitay Sulayman

- O‘yin haqida

- Ertaga biz qiyin uchrashuv oldida turibmiz. Raqibimiz juda kuchli. O‘zbekiston terma jamoasining barcha futbolchilari juda kuchli.

- Indoneziya terma jamoasi so‘ngi bor 68 yil avval olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgandi. Bu safar esa biz yana olimpiadaga borishga yaqin turibmiz. Ertangi muhim uchrashuv oldidan bosimni yengay olayapsizmlarmi?
- Men Indoneziya jamoasi olimpiadada ishtirok etganini bilmas ekanman, uzr. Ertaga ushbu natijani yana takrorlashimiz mumkin. Men bosimni his qilmayapman. Biz faqatgina lahzadan maroq olishimiz va eng yaxshi o‘yinimizni namoyish etishimiz kerak.

Vitay Sulayman

- Ertaga O‘zbekiston terma jamoasi uchun qanchalik muammo to‘g‘dirishlaringiz mumkin?

- O‘zbekiston kuchli terma jamoa ekanligiga hech kim shubha qilmaydi, ammo biz ham o‘z maqsadimiz va erishmoqchi bo‘lgan natijamiz bor. Indoneziya xalqi uchun ertaga borimizni beramiz.

- Indoneziya terma jamoasi raqibdan ko‘ra bir kun ko‘proq dam oldi. Bu sizlarga qo‘shimcha ustunlik beradimi?
- Tiklanish bo‘yicha biroz ustunligimiz bor deb o‘ylayman. Lekin o‘zbekistonlik futbolchilarning jismoniy holati ham ajoyib ekanligini o‘tgan uchrashuvda guvoh bo‘ldim.

- O‘zbekiston terma jamoasi ushbu musobaqada yuz foizlik natija qayd etib kelmoqda. Ertaga raqiblar darvozasiga gol ura olasizlarmi?
- O‘zbekiston Saudiya Arabistoni uchrashuvini stadiondan tomosha qildim va ishonch bilan ayta olamanki, bu raqib juda sifatli o‘yin namoyish etmoqda, ayniqsa to‘pning harakatlanishi juda tez. Shu sababdan ular ko‘p gol urishmoqda va hali darvozasidan gol o‘tkazib yuborishgani yo‘q. Yarim final oson bo‘lmasligi aniq, ammo biz yaxshi formadamiz va o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik.

- O‘tgan yili 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etgandingiz. Indoneziya O‘zbekiston bilan bir guruhdan joy olgan. O‘sha tarkibdagi bir nechta futbolchilar hozir O‘zbekiston olimpiya terma jamoasida o‘ynashmoqda. Siz ularni yaxshi taniysiz va ularni yana bir marotaba tahlil qilib chiqdingizmi?
- O‘zbekiston va Indoneziya terma jamoalari o‘rtasida ko‘p o‘xshashliklar bor deb o‘ylayman. Ikki terma jamoalar ham so‘ngi vaqtlarda katta o‘sishga erishmoqda. Men O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi hali yutqazmaganman, biroq bu jamoaga qarshi xotiralar mavjud.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim"