00:03 / 30.04.2024
1 225

Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?

Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Qatar mezbonlik qilayotgan Osiyo kubogida finalga chiqib, yozda Parijda bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritdi.

Yarim final Timur Kapadze shogirdlari shov-shuvli tarzda yarim finalga yetib kelgan Indoneziya jamoasi bilan kuch sinashdi. Hamyurtlarimiz o‘yindagi ustunlikni ikkinchi bo‘limda hisobga ham ko‘chirdi – 2:0.

Terma jamoamizning tarixiy g‘alabasiga xorij mamlakatlaridan ham munosabatlar bildirilmoqda.

LENSOIS.COM (Fransiya):
Abduqodir Husanov O‘zbekiston U-23 terma jamoasiga qo‘shilish uchun bir necha ku oldin “Lans”ni tark etgan edi. Endi iste’dodli himoyachi Osiyo kubogining yarim finalida Indoneziyaga qarshi maydonga tushdi.

O‘zbekistonliklar indoneziyalik raqiblarini 2:0 hisobida dog‘da qoldirdi. 68-daqiqada Husayn Norchayev hisobni ochgan bo‘lsa, o‘yin yakunlanishi arafasida Pratam Arxan o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi. Husanov to‘liq o‘ynadi.

O‘zbekiston terma jamoasi endi 3 may kuni bo‘ladigan Osiyo kubogi finaliga tayyorgarlik ko‘radi.

SPORT24.RU (Rossiya):
O‘zbekiston terma jamoasi 23 yoshgacha futbolchilar ishtirokida Qatarda o‘tkazilayotgan Osiyo chempionati yarim finalida Indoneziyani mag‘lub etib, finalga chiqdi.

O‘zbeklar safida Rossiya Premer-ligasi vakillaridan SSKA hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullayev va “Rubin” yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliyev faol o‘ynadi.

O‘zbekiston 2:0 hisobidagi g‘alaba evaziga o‘z tarixida ilk marotaba Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritdi.

Osiyo kubogi davomida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi ketma-ket beshta g‘alaba qozondi, 14 ta gol urib, o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab kelmoqda.

SPORTS.KZ (Qozog‘iston):
O‘zbekiston futbolda tarixiy natija qayd etib, Qozog‘istondan o‘zib ketdi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 23 yoshgacha futbolchilar ishtirokidagi Osiyo kubogi finaliga chiqish barobarida tarixiy natijaga erishdi.

Endi O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor Olimpiya o‘yinlarida o‘ynaydi. Hali qozog‘istonlik futbolchilar bunday natijani qo‘lga kirita olgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston guruh bosqichida uchta g‘alaba qozonib, Malayziyani 2:0, Kuvaytni 5:0, Vetnamni 3:0 hisobida yengdi. Final yo‘lidagi pley-offda Saudiya Arabistoni (2:0) va Indoneziyadan (2:0) ustun keldi.

FAJARHARAPAN.ID (Indoneziya):
Qatardagi Osiyo kubogi yarim finalida Indoneziya va O‘zbekiston futbolchilari kuch sinashdi.

Birinchi bo‘limda o‘zbekistonliklar to‘pga egalik qildi va o‘tkir hujumlar uyushtirdi. Aniq zarbalarni darvozabon Ernando Ari qaytardi.

O‘zbekistonlik futbolchilarning hujumlari Indoneziyaning himoya chizig‘ini qiynab qo‘yadigan darajada kuchli edi.

Garuda Muda, Vitan Suleymana, Pratam Arxanning harakatlari raqib himoyachilari tomonidan bartaraf etildi.

O‘zbekiston ikkinchi bo‘lim boshidan hujumlarni kuchaytirdi. 68-daqiqada ular futbolchilarimizni jazoladi. Husayn Norchayev Muhammadqodir Hamraliyev uzatmasidan muvaffaqiyatli foydalana oldi. O‘zbeklar 86-daqiqada hisobdagi farqni oshirdi.

Indoneziya terma jamoasi vaziyatdan chiqish uchun harchand urinmasin, O‘zbekiston futbolchilari bosimi ostida qolib ketdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?