22:29 / 06.05.2024
148

Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik"

Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik"
Superliganing 6-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Neftchi" (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin haqida
- Albatta, og‘ir o‘yin o‘tkazdik. G‘alaba qozonib ketishimiz mumkin edi, biroq so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordik. Ko‘rib turganingizdek, uchrashuv durang natija bilan tugadi, g‘alabani qo‘ldan chiqardik.

- Xusayn Norchayev nega bugun qaydnomaga kiritilmadi?
- Norchayev tushganida gol urardimi demoqchisiz shekilli. Xusayn Osiyo kubogida og‘ir o‘yinlarni o‘tkazib qaytdi. Biz u bilan kam vaqt aloqada bo‘ldik va ayni damdagi holatini bilmasdik.

- O‘zbekiston kubogi finali Farg‘onada o‘tkaziladi. Jamoangiz finalga qadar yetib borsa, qaysi klub bilan to‘qnash kelishni istardingiz?
- To‘g‘ri aytdingiz, O‘zbekiston kubogi finali "Istiqlol" stadionida o‘tkaziladi. O‘z maydonimizda o‘tadigan finalga chiqishni istaymiz, bunga harakat qilamiz. Ko‘rdingiz, bu mavsumda ketma-ket 3 yildan buyon kubokni qo‘lga kiritib kelayotgan "Nasaf" tark etdi. "Andijon" va "Navbahor" jamoalari ushbu turnirda maqsadlari jiddiy ekanini ko‘rsatib berishdi. Finalgacha bora olsak, raqib kim ekani ikkinchi darajali masala bo‘lib qoladi.

- Mirzohid G‘ofurovning almashtirilishi majburiy o‘zgarish edimi?
- Tanaffus vaqtida Mirzohid G‘ofurov bilan gaplashdik va shu qarorga keldik. Uning o‘rnida Manuchehr Safarov o‘ynadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik"