«Bunyodkor» futbol klubida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. «Bunyodkor» futbol klubida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda futbol klubi va «Bunyodkor» stadioni xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda Islom Abdug‘anievichning hayoti va faoliyati yodga olindi, xalqimiz oldidagi buyuk xizmatlari, tinchlik va totuvlik, sportimiz rivoji yo‘lidagi ko‘rsatgan fidoyiligi haqida so‘zlab, u kishining vafoti Vatanimiz va xalqimiz uchun nihoyatda og‘ir yo‘qotish ekani chuqur qayg‘u bilan ta’kidlandi. Prezidentimiz nafaqat siyosat va iqtisod, boshqa sohalarda ham chuqur bilim sohibi edi. Xalqimizga ana shunday buyuk inson bosh bo‘lgani – bizning baxtimiz.
Prezidentimizning sportimizni yuksaltirish borasida ko‘rsatgan g‘amxo‘rliklarini alohida ta’kidlash joiz. 1993 yil 18 martda futbolni rivojlantirish to‘g‘risida imzolangan hujjat bu boradagi dastlabki poydevor bo‘ldi. Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasiga bevosita rahbarlik qilgan yurtboshimiz sog‘lom va barkamol avlodni voyaga etkazish uchun barcha ishga bosh-qosh bo‘lganlari diqqatga sazovor. Bugungi kunda mamlakatimizning barcha viloyatlarida zamonaviy talablarga javob beruvchi stadionlar foydalanishga topshirildi. Ularning eng muhtashami, shubhasiz, «Bunyodkor» stadionidir. Arenamizning tantanali ochilish marosimida Islom Abdug‘anievich Karimov shaxsan ishtirok etib, so‘zga chiqqanlari umrbod yodimizda saqlanadi.
Uch bosqichli tizim – «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va universiadalarda saralangan yorqin iste’dod sohiblari endilikda eng nufuzli xalqaro musobaqalarda mustaqil O‘zbekiston sha’nini munosib himoya qilishmoqda. Avgust oyida Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tgan yozgi olimpiya o‘yinlarida istiqlol voyaga etkazgan sportchilarimiz to‘rtta oltin, ikkita kumush va ettita bronza medaliga sazovor bo‘lishgani Islom Karimov mehnatlari mahsuli sifatida baholanmog‘i darkor.
Yurtboshimiz Islom Abdug‘anievich Karimovni nafaqat bugungi, balki kelajak avlodlar ham mustaqilligimiz me’mori sifatida yuksak qadrlaydi. Prezidentimiz buyuk davlat asoschisi, sport va sog‘lom turmush tarzining jonkuyari sifatida tarixda qoladi. Biz prezidentimizning o‘gitlariga og‘ishmay amal qilishimiz, boshlagan islohotlarini munosib davom ettirib, O‘zbekiston dovrug‘ini yuksaklarga ko‘tarish yo‘lida fidoyilik ko‘rsatishimiz shart. Shunda qadrli Yurtboshimizning ruhlari shod bo‘ladi.
«Bunyodkor» futbol klubi vakillari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirishdi. Klub mutasaddilari, murabbiylar va futbolchilar Prezidentimiz portreti poyiga gullar qo‘yishdi.
Elimiz baxti, yurtimiz ravnaqi uchun yonib yashagan ulug‘ zot Islom Karimovning yorqin xotirasi qalblarimizda mangu saqlanadi.
Manba: www.fcbunyodkor.com “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi