110
Superliga. "Vodiy derbisi"da durang qayd etildi, “Navbahor” esa “So‘g‘diyona”ni mag‘lub etdi
Foto: “PFL”
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 7-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 12 may, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“So‘g‘diyona” mehmoni bo‘lgan “Navbahor” safarda qiyin g‘alabaga erishdi. 22-daqiqada Toma Tabatadze penaltidan hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning boshida Jamshid Iskanderov hisobni 0:2 holatga keltirdi. 80-daqiqada Lupche Doriyev penaltidan hisobni qisqartirishga erishdi. Mezbonlarning harakatlariga qaramay uchrashuvda hisob o‘zgarmadi va “Navbahor” klubi Namanganga uch ochko bilan qaytdi.
Foto: “PFL”
“Andijon” safarda “Neftchi” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 15-daqiqasida Bektemir Abdumannonov 15-daqiqasida hisobni ochib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limda darvozalar boshqa ishg‘ol qilinmadi.
Ikkinchi bo‘limning 52-daqiqasida Farhod Sohibjonov hsobni 0:2 ko‘rinishiga olib keldi. Shundan so‘ng mehmonlar hujumga zo‘r berdi. Oqibatda Bilolxon Toshmirzayev hisobni 84-daqiqada hisobni qisqartirdi. 90-daqiqada Islom Mamatkazin jarima maydoni ichida qo‘pollik ishlatib maydondan chetlatildi. 11 metrlik nuqtaga yaqinlashgan Jasur Jaloliddinov hisobni tenglashtirdi.
“Neftchi” – “Andijon” 2:2
Gollar: 0:1 — Bektemir Abdumannonov (15), 0:2 — Farhod Sohibjonov (52), 1:2 — Bilolxon Toshmirzayev (84), 2:2 — Jasur Jaloliddinov (90+4 penalti).
“Neftchi”: Sanjar Quvvatov, Zoir Jo‘raboyev, Boyan Siger, Katalin Karp, Shohruz Norxonov (Mixay Roman, 69), Javohir Qahramonov (Jasur Jaloliddinov, 46), Mirzohid G‘ofurov (Sanjar Qodirqulov, 69), Anvar G‘ofurov, Diyor Turopov (Abbos G‘ulomov, 69), Manuchehr Safarov, Nsungusi Effiong.
“Andijon”: Igor Litovka, Abduvohid G‘ulomov, Farhod Bekmurodov (Levan Arveladze, 73), Ilhom Abdug‘aniyev (Ildar Mamatkazin, 73), Vladimir Bubanya, Farhod Sohibjonov, Muhammadkarim Toirov, Islom Mamatkazin, Ilhom Alijonov, Bektemir Abdumannonov (Luka Zgurskiy, 81), Shahrom Samiyev (Armin Boshnyak, 81).
Ogohlantirishlar: Anvar G‘ofurov (64), Sanjar Qodirqulov (87), Luka Zgurskiy (90+7).
Chetlatish: Islom Mamatkazin (90).
“So‘g‘diyona” — “Navbahor” 1:2
Gollar: Lupcho Doriyev (80, penalti) — Toma Tabatadze (22, penalti), Jamshid Iskanderov (51).
“So‘g‘diyona”: Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Islom Qobilov, Jasur Yoqubov (Samandar Sindorov, 61), Vladimir Yovovich, Samandar Mavlonqulov, Lupcho Doriyev, Xondamir Mustafoqulov (Aleksey Nosko, 55), Stanislav Andreyev, Nodir Soyibov (Zoran Petrovich, 55), Oleg Zoteyev.
“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Azim Ahmedov, Odil Hamrobekov, Jamshid Iskanderov, Asad Sobirjonov (Ibrohim Yo‘ldoshev, 80), Filip Ivanovich, Jamshid Boltaboyev, Toma Tabatadze (Navro‘z Iminjonov, 87), Yovan Jokich, Farru Sayfiyev, Abror Ismoilov.
Ogohlantirishlar: Farrux Sayfiyev (41), Filip Ivanovich (45), Jamshid Boltaboyev (78), Abror Ismoilov (82), O‘tkir Yusupov (90+2), Oleg Zoteyev (90+6). “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
2050 yilda 1,2 milliardgacha odam yashash joyini tark etadi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Qur’onni yoqqani uchun qamalgan Nikita Juravelga yangi hukm o‘qildi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
Kiyev va Moskva o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari: u qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin?
Superliga. 2025 yilgi mavsum qachon start olishi ma’lum qilindi