
Rossiyaning Xabarovsk shahrida o‘tkazilayotgan “Konstantin Korotkov” xalqaro xotira turnirida erkaklar o‘rtasida yarim final janglari 17 may, juma kuni bo‘lib o‘tadi.
Ertangi kun davomida esa 11 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi.
Yarim final bahslarini o‘tkazadigan bokschilar va ularning raqiblari bilan tanishing:
-54 kg: Hasanboy Do‘stmatov — Denis Soloskix (Belarus)
-54 kg: Shahzod Muzaffarov — Hojiakbar Mamayusupov (Rossiya)
-57 kg: Abdumalik Halokov — Seul Park (Janubiy Koreya)
-60 kg: Dilshod Abdumurodov — Vladislav Smalovskiy (Belarus)
-67 kg: Ruslan Abdullayev — Ilgar Salahov (Ozarbayjon)
-71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — German Manoungu (Kongo)
-80 kg: To‘rabek Habibullayev — Timofey Mikshenko (Rossiya)
-86 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev — Andrey Masalov (Belarus)
-92 kg: Madiyar Saidrahimov — Denis Matsulev (Belarus)
+92 kg: Lazizbek Mullojonov — Nikita Nagorniy (Belarus)
+92 kg: Bahodir Jalolov — Kesten Okenebulor (Nigeriya)
Bahslarning birinchi qismi Toshkent vaqti bilan tonggi 07:00 da va ikkinchi qismi soat 11:00 da start oladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar