Foto: Getty Images
“Manchester Siti”ning 23 yoshli yarim himoyachisi Filipp Foden APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
“Ushbu mukofotni olish men uchun juda faxrlanadigan yutuqdir. Angliya Premer Ligasi dunyoning eng yaxshi ligasi sifatida tan olingan va men o‘z klublarida mavsumni ajoyib o‘tkazayotgan boshqa ko‘plab futbolchilar qatorida ekanligimdan xursandman.
Umuman olganda, bu mavsumdagi o‘yinimdan juda xursand bo‘ldim va mavsum davomida jamoamga gollar va golli uzatmalar bilan g‘alabalarda o‘z hissamni qo‘shganimdan juda xursandman”, — deydi “Siti” yarim himoyachisi.
Fil Foden “Manchester Siti”ning barcha xodimlariga, murabbiylariga, ayniqsa jamoadoshlariga rahmat aytib, bu mukofotni ularsiz qo‘lga kirita olmasligini aytdi.
“Shuningdek, fursatdan foydalanib, menga ovoz bergan barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman, chunki bu mukofot men uchun juda katta ahamiyatga ega”,— deydi Foden.
Joriy mavsumda APLda Foden 34 ta o‘yinda ishtirok etib, 17 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fodenning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 130 million yevroni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz bosh sovrin uchun Palmer, Holand, Saka, van Deyk, Deklan Rays kabi futbolchilar kurash olib borgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Bayden hozircha Ukrainani NATOga taklif etishga chaqirmaslikka qaror qildi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi
Putin davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga bordi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Qashqadaryoda erkak ayoli va chaqalog‘ini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi