
18-19 may kunlari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida para dzyudo bo‘yicha xalqaro Gran-Pri turniri bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada ishtirok etgan 5 nafar vakilimiz yakunda sovrindorlar safidan joy oldi. Dastlabki kuni erkaklar o‘rtasida J2 klassida -60 kg vazn toifasida finalda ikki nafar hamyurtimiz – Sherzod Namozov hamda Kemran Nurillayev tatamiga chiqdi. Yakunda Nurillayev oltin medal bilan, Namozov esa kumush medal bilan taqdirlandi.
Shuningdek, ayollar o‘rtasida J2 klassida -57 kg vazn toifasida o‘tkazilgan bellashuvlarda ishtirok etgan hamyurtimiz Kumushxon Xodjayeva delegatsiyamiz hisobiga kumush medalni qo‘shib qo‘ydi.
Ikkinchi kungi bahslarda J2 klassida erkaklar o‘rtasida -90 kg vazn toifasida bellashuvlarda qatnashgan Dovurxon Karomatov kumush medalga, J2 klassida ayollar o‘rtasida +70 kg vazn toifasida esa Moxinur Parmonova bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi Gruziya poytaxtida kechgan xalqaro Gran-pri turnirida 1 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza, jami 5 ta medal qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 5-o‘rinda yakunladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar