Superliganing 8-turidan o‘rin olgan “Surxon” – “Nasaf” (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida qatnashdi.
- Bugungi o‘yinda biz “Surxon”ga to‘pni berib ikkinchi raqam bo‘lib o‘ynadik. Shunga qaramay, raqibga qaraganda ko‘proq vaziyat yarata oldik. Biz ko‘proq himoyalangan bo‘lsak ham asosiysi, g‘alabaga erishdik. Har bir uch ochko jamoamiz uchun juda muhim. Shuning uchun bugun e’tiborimizni natijaga qaratib o‘ynadik.
- Aytib o‘tganingizdek, bugun ko‘proq himoyalandinglar. O‘tgan safar “Bunyodkor” 8-9 ta o‘yinchisi bilan himoyalanganligini ta’kidlagandingiz. Bu o‘yindagi ikkinchi raqam bo‘lib o‘ynash qarori o‘yin davomida keldimi yoki oldindan o‘ylanganmidi? Bugungi uchrashuvni rejasi sizni qanchalik qoniqtirdi?
- Bu rejamizda bor edi. Chunki “Surxon” jamoasini bilasizlar, to‘p bilan o‘ynashni va to‘p bilan muomala qilishni yaxshi ko‘radi. Biz o‘yinimizda shunga e’tibor qaratgandik. Yigitlarga “Surxon” to‘p bilan muomala qilganida biz keskinroq o‘ynab, qarshi hujumlarga tezroq chiqishimiz talab qilinishini aytgandim. Ba’zi vaziyatlarda buni amalga oshirdik, ammo ayrim pallalarda oqsadik. Asosiysi, darvozamiz yaqinida “Surxon”ga imkoniyat qoldirmasligimiz kerak edi. Menimcha, buni amalladik. Agar oxirgi vaziyatni hisobga olmasak, raqibda deyarli golga yaqqol tortadigan vaziyat bo‘lmadi. Rejamizda bor narsani amalga oshira oldik.
- Zafarmurod Abdirahmatov ko‘rinmadi. Jarohati bormi yoki rotatsiya bilan bog‘liqmi?
- Bizda muammoli vaziyatlar bo‘lyapti. 4 ta himoyachimiz jarohatda, 2 ta markaziy himoyachimiz. Shuning uchun Akmal Mozgovoyni orqaga tushirishga majbur bo‘lyapmiz. Bu ham o‘yinimizga biroz ta’sir qilyapti. Yigitlar safimizga qaytganida yanada kuchliroq bo‘lamiz. Zafarmurod biz bilan 10 kuncha mashg‘ulotlarda qatnashmadi. Kecha safga qaytdi. Bugungi uchrashuvga uni jalb qilish uchun tavakkal qilmadik. Yengil jarohati borligi uchun davolandi.
- O‘tgan safar Alibek Davronov jarohat olgandi. Yana yo‘qotishlar borligini aytyapsiz. Mana shunday qiyin holatdagi o‘yin va natijadan qanchalik ko‘nglingiz to‘lyapti?
- Albatta, har qanday yetakchini o‘zingiz istagan pozitsiyada bo‘lmagani jamoaga ta’sir qiladi. OKMK bilan o‘yinda Alibek Davronov bilan G‘olib G‘aybullayev markaziy himoyada o‘ynaganida muammolar ko‘rmagandik. Alibek chiqib ketganidan keyin muammoni ko‘rdinglar. Ular biz uchun muhim. O‘ylaymanki, keyingi uchrashuvlarda bizga yordam bera oladi, deb umid qilamiz. Akmal baribir markaziy yarim himoyachi. To‘g‘ri, u biz yuklagan vazifani bajarib beryapti-yu, lekin baribir markaziy himoyachi bo‘lib o‘ynashda unda tajriba kamroq. Majbur bo‘lganimizdan Akmalni o‘sha joyga qo‘yyapmiz va u bugun vazifani bajarib berdi.
- “Nasaf” mavsum avvalida bir qator hujumchilarni safiga qo‘shib oldi, ikkitasi legionerlar. Lekin o‘tgan safar ham aytilganidek, vaziyatlardan foydalanishda oqsalmoqda. Hujumchilardan qanchalik ko‘nglingiz to‘lyapti?
- Ko‘nglim to‘lmaganlari zahirada o‘tiribdi. Zoranni boshqalarga nisbatan foydasi ko‘proq tegyapti. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Bayden hozircha Ukrainani NATOga taklif etishga chaqirmaslikka qaror qildi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi
Putin davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga bordi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Qashqadaryoda erkak ayoli va chaqalog‘ini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi