Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi finalida “Atalanta” va “Bayer” jamoalari 22 may, chorshanba kuni bahs olib bordi.
Uchrashuvning 12-daqiqasida Ademola Lukman hisobni ochdi. 26-daqiqada esa Lukman yana bir bor darvozani ishg‘ol qildi. Bo‘lim italyan jamoasining ustunligi bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda “Bayer” jonlandi. Qator xavfli vaziyatlar yaratdi. Biroq “Atalanta” yana gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 75-daqiqada Lukman het-trikni rasmiylashtirdi.
Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va “Atalanta” 3:0 hisobidagi g‘alabani rasmiylashtirib, Yevropa Ligasi chempioniga aylandi.
“Bayer”ning esa 51 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasi o‘z yakuniga yetdi.
Qayd etib o‘tish joiz, italyan klubi o‘z tarixida ilk bor Yevrokubokda zafar quchmoqda.
Yevropa Ligasi
Final
22 may, chorshanba
“Atalanta” — “Bayer” 3:0
Gollar: 1:0 – 12 Lukman, 2:0 – 26 Lukman, 3:0 – 75 Lukman.
“Atalanta”: Musso, Zappakosta (Hatebur, 84), Jimshiti, Kolashinas (Skalvini, 46), Hin, Rujeri, Kopmeyners, Ederson, de Ketelare (Pashalich, 57), Lukman, Skamakka (Ture, 84).
“Bayer”: Kovarj, Stanishich (Bonifase, 46), Ta, Tapsoba, Inkapie, Grimaldo (Glojek, 69), Frimpong (Tella, 81), Jaka, Palasios (Andrix, 68), Virs (Shik, 81), Adli.
Ogohlantirishlar: Jimshiti (22), Virs (35), Skamakka (35), Zappakosta (60), Tapsoba (67), Kopmeyners (70), Andrix (73). “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Superliga. 2025 yilgi mavsum qachon start olishi ma’lum qilindi
AQSH Yaponiyaga HIMARS tizimlarini joylashtiradi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
Filippin poytaxtida boshlangan yong‘inda mingga yaqin uylar yonib ketdi
Qalbaki 1 400 AQSH dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olgan shaxslar ushlandi