
Futbol bo‘yicha Angliya kubogi final bahsi 25 may, shanba kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Manchester shahrining ikki jamoasi ishtirok etdi.
Uchrashuvning 30-daqiqasida “shaharliklar” darvozaboni hamda himoyachisi o‘rtasida tushunmovchilik yuz berdi va to‘p Garnachoga yetib keldi. Qulay vaziyatdan yosh futbolchi foydalanib jamoasini oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning 39-daqiqasida ajoyib hujum uyushtirgan “qizil iblislar” chiroyli tarzda gol urib hisobni 0:2 ko‘rinishiga olib keldi.
Ikkinchi bo‘limda “shaharliklar” hisobni qisqartirishga harakat qildi, ammo “Manchester Yunayted” himoyada ishonchli harakat qildi. Uchrashuvning 87-daqiqasida Jeremi Doku hisobni qisqartirishga erishdi. Shundan so‘ng Gvardiola shogirdlari bor kuchi bilan hujumga o‘tdi.
“Shaharliklar” raqiblar darvozasiga boshqa yo‘l topa olmadi. Shu tariqa chempionatni 8-o‘rinda yakunlagan ten Hag shogirdlari Angliya kubogini qo‘lga kiritdi.
"Manchester Siti" – "Manchester Yunayted" 1:2
Gollar: 0:1 – 30 Garnacho, 0:2 – 39 Maynu, 1:2 – 87 Doku.
"Manchester Siti": Ortega, Uoker, Stounz, Ake (Akandji, 46), Gvardiol, Kovachich (Doku, 46), de Bryuyne (Alvares, 56), Bernardu Silva, Rodri, Foden, Xoland.
"Manchester Yunayted": Onana, Uan-Bissaka, Varan, Martines (Evans, 73), Diogu Dalot, Amrabat, Maynu, Brunu Fernandesh, Maktominey (Maunt, 90), Garnacho (Lindelyof, 90), Reshford (Xoylund, 74).
Ogohlantirish: Maynu (45), Maktominey (90+5). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar