Superliganing 9-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Dinamo" (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Kamchilik bilan o‘ynash qiyin. Ustiga-ustak "Dinamo" to‘pni yaxshi nazorat qiladi. Yaxshi himoyalandik, gol ham urdik. Vaziyatlarimizdan unumli foydalanganimizda g‘alabani ushlab qolardik. Ammo, bugungi o‘yinda durang natija qayd etildi, ochko yo‘qotdik. Qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga rahmat.
- Bu yilgi mavsumda tarkibga yangi jalb etilgan futbolchilar kutilgan natijani ko‘rsatmayotgandek. Bu borada fikringiz qanday?
- Biz xotirjammiz. Albatta, taklif etilgan futbolchilarning barchasi ham biz kutgan o‘yinni ko‘rsata olgani yo‘q. Ularning bizga yordami kamroq tegayapti. Albatta bu quvonarli holat emas. Suhbatlashyapmiz, vaziyatlarni ko‘rib chiqayapmiz. Oldinda o‘yinlar bor. Hozir asosiy e’tibor navbatdagi uchrashuvga tiklanish uchun qaratilishi kerak. O‘ylayman-ki, tarkibga yangi jalb etilgan futbolchilarning keyingi o‘yinda bizga nafi tegadi.
- Yosh futbolchilarni kashf etish bo‘yicha nom qozongansiz. Himoyada yosh futbolchilarni sinab ko‘rish vaqti kelmadimikan?
- Hozir shunga imkoniyat bo‘lmayapti. O‘tkinchi o‘yinimiz yo‘q, ko‘rikdagi futbolchilarni sinab ko‘rishga fursat bo‘lmayapti. O‘tgan yillarda biz xalqaro maydonda o‘ynadik, jadvalda yuqori o‘rinlarni qayd etdik. Shu sababdan maqsad kattaroq olindi. Tarkibga ham tajribali futyuolchilarni jalb etdik. Oxirgi 2 yilga e’tibor qaratsangiz, yosh futbolchilarga ozroq imkon berayapmiz.
- Qizil kartochkaga munosabatingiz?
- Bu vaziyatni ko‘rib tahlil qilishadi. Biz futbolchilarga keskin o‘ynashni aytamiz, biroq qo‘pollik bilan emas. Balki o‘sha vaziyatda G‘ayullayev qo‘polroq harakat qilgandir. Bu biz uchun juda og‘ir bo‘ldi. 80 daqiqadan ko‘proq vaqt mobaynida bir kishi kam o‘ynadik. To‘g‘ri aytdingiz, biz bugun ko‘p kuch yo‘qotdik. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Doniyor Toshxo‘jayev lavozimidan ozod etildi
Rossiyaning Dniproga zarbasi NATOni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdan qaytara olmaydi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi