
Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi Olimpiya sikli yakunlariga ko‘ra Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan sportchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Quvonarlisi, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Akbar Jo‘rayev hamda Rigina Adashbayeva musobaqa ishtirokchilari qatoridan joy oldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra, Jo‘rayev -102 kg, Adashbayeva esa -81 kg vazn toifasidagi bahslarda Olimpiada medallari uchun kurash olib borishadi. Saralash davri davomida Tokio-2020 chempioni Jo‘rayev 400 kg, Adashbayeva esa 243 kg natija qayd etishga muvaffaq bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar