21:01 / 26.05.2024
301

Tugunlar yechilmayapti, aksincha hammasi battar chigallashib ketmoqda

Tugunlar yechilmayapti, aksincha hammasi battar chigallashib ketmoqda
"Barselona" so‘nggi paytlarda jamoa muxlislariga ajoyib tomoshalar ko‘rsatmoqda. Xavi yanvar oyida mavsum yakunlangach jamoani tark etishini e’lon qilganidan so‘ng Laporta avvaliga uzoq vaqt davomida Xavidan qolishini so‘radi. Xavi inkor etmadi va yana bir mavsum jamoani boshqarishga rozi bo‘ldi. Ammo mavsum yakuni oldidan jamoadagi tushinarsiz vaziyatlar muxlislarni hayratda koldirdi.

Gap shundaki, so‘nggi tur oldidan kataloniyaliklar sport direktori Deku va muxlislarga tanish Boyan Krkich nemis mutaxassisi Xans-Diter Flik bilan muzokaralar olib borish uchun Londonga yo‘l olishdi. Vakillar Flikning roziligini olib qaytishdi. Lekin Xans "Barselona"da uni qo‘llab-quvvatlashlariga ishonib xato qiladi. Sababi, Ispaniya klubi boshqaruv borasida "Manchester Yunayted" va "Chelsi"dan unchalik farq qilmaydi.

Xavi mavzusiga qaytadigan bo‘lsak, Xavi ketishi haqidagi xabarlar tarqalishi muxlislar orasida shov-shuvlar va kulgiga sabab bo‘ldi. Ketar ekan nega jamoada olib qolishdi? Barchasi Xavining bayonoti bilan bog‘liq: Vaziyat murakkab va chalkash. Ilgari murabbiy o‘yinchilarni orqaga qaramasdan tanlagan edi, ammo endi hamma narsa boshqacha. Biz "Real" va boshqa Yevropa jamoalari kabi iqtisodiy ahvoli yaxshi bo‘lgan klublardan emasmiz. Muxlislar buni tushunishlari kerak. Bu unvonlar uchun kurashmaymiz degani emas, lekin bizga vaqt kerak.

Mazkur bayonotdan so‘ng Deku va Laporta haqiqatdan xafa bo‘lishdi. Sababi, klubning moliyaviy ahvoli hammaga ma’lum. Klub to‘rt yil ichida 613 million yevro qarzini to‘lashi kerak, 2032 yilga qadar esa eski va yangi kreditlarni to‘lash uchun jamoaga 1,3 milliard daromad kerak bo‘ladi. Laporta Xavining bu gaplari investorlarni qo‘rqitishi mumkin deb uyladi. Xavi hotirjam murabbiy edi. Qizil kartochkalar va nojo‘ya harakatlar bilan asabiy murabbiyga aylandi. Klub rahbariyati Chempionlar ligasi va La Ligadagi muvaffaqiyatsizliklarda murabbiyni ayblashdi va bunga javoban klubninig moliyaviy holati sabab ekani aytildi. Vaziyat juda chalkash, Xavi esa xaq. Hammasi shunchalik jiddiyki, xatto inqiroz haqida eslatish ham murabbiyni haydashga sabab bo‘lmoqda.

Flik "xaloskor" sifatida olib kelinmoqda. Xans-Diter "Bavariya" bilan 19/20 mavsumda Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. Aynan u mashhur pley-off o‘yinida "Barselona" ni 8:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi. Laporta "Barselona"ning sobiq himoyachisi, "Barselona B" murabbiyi, meksikalik Rafa Markesga emas, balki nemis mutaxassisga ko‘proq ishonmoqda. Sababi, Flik ancha tajribali murabbiy. Biroq Xans jamoani qay tarzda tiklay oladi? "Barselona" yangi o‘yinchilarga muhtoj. Levandovski va Ter Shtegen Flikni yaxshi bilishadi va uni yaxshi qabul qilishlari aniq. Shunday bo‘lsa-da, jamoa faxriylari va yosh futbolchilarga Laportaning bu qarori yoqmasligi mumkin.

Jamoadagi g‘alati boshqaruv ko‘plab yirik loyihalarni barbod qildi. "Barselona" ko‘plab o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishda muammolarga duch keldi. Shunga qaramasdan, La Liga ko‘p narsaga ko‘z yumdi. Negaki, ularga "el-klassiko" kerak. "Barselona" har doim vaziyatdan chiqib ketadi. Bu safar ham shunchaki Xavini aybdor qilib qo‘ydi. Xavi-ku mayli, jamoadagi ba’zi futbolchilar maoshi qisqartirilib, bu pullar esa jamoani bir necha bankrotlardan saqlab qoldi.

Kelgusi yozda sport direktori Deku va Flik bir qator transferlarni amalga oshirishi kutilyapti. Shu bilan birga jamoadan ketadiganlar ham bor. Urugvaylik markaziy himoyachi Arauxo, markaziy yarim himoyachi De Yong va xattoki yosh iste’dod Gavi ham yozda boshkqa jamoaga ketishi mumkin. Bunga Yevro-2024 xamda "Kopa Amerika" xam o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

Qisqasi, bunday chalkashlik va jamoa ichki muhitidagi vaziyatning jiddiyligiga - futbolda pulni bexuda sarflaganlik uchun jazo yo‘qligi sabab bo‘lmoqda. Sobiq prezidentlar va Laporta ham "Barselona"ning moliya bo‘limidagi ishlariga doim aralashib kelishgan. Bunday holatlarni tekshiradigan hech kimning yo‘qligi juda achinarli. Natijada, milliardlab pullar o‘zlashtirib yuborilgan. Xavi shuni nazarda tutgan edi va haqiqatni aytgani uchun ishdan olindi.

Bir paytlar gigant klublardan biri bo‘lgan jamoaning vaziyati biroz achinarli. Ayrimlarimiz esa ichkaridagi vaziyatdan to‘liq boxabar bo‘lmay, hammasi joyida, deb yuribmiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tugunlar yechilmayapti, aksincha hammasi battar chigallashib ketmoqda