10:18 / 27.05.2024
149

Mirjalol Qosimov: "Bugungi o‘yin futbolning bezagi bo‘ldi, bir muxlis kelgan bo‘lsa ham, u uchun o‘ynaymiz"

Mirjalol Qosimov: "Bugungi o‘yin futbolning bezagi bo‘ldi, bir muxlis kelgan bo‘lsa ham, u uchun o‘ynaymiz"
OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Superliga 9-tur doirasidagi "Neftchi" (0:1)ga qarshi o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— "Neftchi" jamoasini g‘alaba bilan tabriklaymiz. O‘yin futbolning bezagi bo‘ldi desam bo‘ladi, muxlislar undan rohatlanishdi. Ikki jamoa ham g‘alaba uchun maydonga chiqqandi. Og‘ir o‘yin bo‘lishini bilgandik, shu bilan yutqazishni ham bilish kerak. Keyinga o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz.

— Yoshlingizda futbol o‘ynagan paytingiz raqib murabbiylari o‘yinchilariga sizga jarima zarbasi uchun imkoniyat bermaslik kerakligi, shunday bo‘lgan taqdirda aniq gol urishingizni aytishgan ekan. Jasur Jaloliddinov bilan ham shunday deb o‘ylaysizmi? Shogirdlaringizga ham bunga imkoniyat yaratmaslikni so‘raysizmi?
— U ham o‘zimizning shogirdda (kuladi). Albatta, shunday deyiladi. Bu yerda gapirish oson, ammo o‘yinchilar buni bilsa ham maydonda boshqa vaziyat hukm suradi.

Tanaffusga 3-4 daqiqa qolganda gol urish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldik. Nodir [Abdurazzoqov] qizg‘anmay Xurshid [G‘iyosov]ga to‘p uzatganida, u birga-bir vaziyatga chiqib ketib, gol urib ketishi mumkin edi. Futbol jamoaviy o‘yin, ochko‘zlik qilib o‘zi urmoqchi edi. Bu haqda kiyim almashtirish xonasida aytdim. Shu vaziyatdan so‘ng jarima zarbasi yuzaga keldi.

— Siz shunday zarbalardan gol urgansiz. Nima deb o‘ylaysiz, shulardan necha foizida darvozabonlarning aybi bo‘lgan?
— Oldin darvozabon yarim jamoa deyishardi. Darvozabon jamoani qutqarmasa, juda qiyin. Ularning mas’uliyati ulkan. Bu bekorga aytilmagan.

— 90 daqiqa teng kurashga boy o‘yin o‘tdi. OKMK hech bir jabhada raqibiga yutqazmadi. Jamoaga nima yetishmadi deb o‘ylaysiz?
— "Neftchi"ga qarshi mehmonda o‘ynash ham oson emas. Oldin aytganimdek, har bir vaziyat o‘yinni o‘zgartirib yuborishi mumkin. 90 daqiqa o‘ynab yarimta vaziyat bo‘lishi mumkin. Bugun ham bir qator vaziyatlarimiz bo‘ldi, futbol shunaqa. Yigitlarga boshlarini baland ko‘tarishni, futbolda hammasini yutib bo‘lmasligini aytdim. Bu tarix, undan to‘g‘ri xulosa chiqarish kerak.

— Bugun Avaz O‘lmasaliyevga ehtiyoj bo‘lmadimi yoki jarohati bormidi?
— Ahmadaliyevda ham jarohat bor edi. Ular tayyor emasdi, shu sabab tavakkal qilmadik.

— OKMK "Neftchi"ga qarshi o‘yingacha uchinchi o‘rinda edi. O‘yinchilaringizning ko‘plarini muxlislar tanishmaydi. Shu uchinchi o‘rinda yurish uchun futbolchilarni psixologik tayyorlash kerakmi?
— Nafaqat ruhan, balki jismoniy taraflama ham. Bundan tashqari, futbol madaniyati degan narsa bor. Sport prinsipi kurashishdir, agar buni o‘yinchilarga uqtirsak, natija ham keladi. Avvalambor, bir kishi kelgan bo‘lsa ham, o‘sha muxlis uchun o‘ynaymiz, u bahsdan xursand bo‘lib ketishi kerak. Shu sabab o‘yinchilarning nomidan qat’iy nazar, yuqori natija uchun kurashamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "Bugungi o‘yin futbolning bezagi bo‘ldi, bir muxlis kelgan bo‘lsa ham, u uchun o‘ynaymiz"