Xabaringiz bor, 2 iyun kuni “UFC 302” turniri bo‘lib o‘tadi. Markaziy jangda yengil vazn chempionligi uchun Dastin Pore amaldagi chempion Islom Maxachevga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Albatta, ushbu jang borasida turli xil fikrlar yangramoqda. Ya’ni, ko‘pchilik Maxachevning imkoniyatini yuqori baholayotgan bo‘lsa, Dastin Porening g‘alaba qozonishiga ishonayotganlar ham yo‘q emas.
Biz ham ushbu qarama-qarshilik borasida, biroz tahliliy fikr yuritamiz...
- Demak, Dastin Pore ushbu jangdan so‘ng, katta ehtimol bilan faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi va unda qandaydir motivatsiyalar ham yo‘q emas. Ha, u “stoyka”da benazir jangchilardan biri hisoblanadi. Biroq, baribir Pore hozirda eng yuqori jismoniy holatga ega deb ayta olmaymiz. So‘nggi janglarida uning imkoniyatlariga guvoh bo‘ldik. Jastin Getjidan chuqur nokautga uchrashi va Sen-Deniga deyarli imkoniyat boy berilayotgan jangida omadli zarba evaziga g‘alaba! Qolaversa, yosh ham o‘z so‘zini aytmoqda. Uning birgina kuchli jihati va g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirishi mumkin bo‘lgan “qurol”i bu uning kuchli qo‘l zarbasi deyishimiz mumkin. To‘g‘ri oyoq zarbalari ham yo‘q emas, ammo bu jabhalarga Islomda yetari darajada himoya mavjud. Umuman olganda qolgan barcha jabhada u Maxachevga muammo tug‘dira olmaydi.
Islom Maxachevning mukammal kurashiga Dastinni dosh berishi amrimahol. Ehtimol, 1-raundda “teyk-daun”larda himoyalanishga urinib ko‘rar. Biroq, baribir Maxachev uni “parter”ga torta oladi, nazorati va kuchli grepplingi evaziga u Poreni holdan toydiradi. Ehtimol, Pore “gilotina”ga ham urinib ko‘rar, lekin bu Maxachevning baquvvat bo‘yni va jag‘i uchun muammo tug‘dirmasa kerak. Xullas, jang to‘liq davom etmaydi. Katta ehtimol bilan 2-raundda Maxachev bo‘g‘ish yoki texnik nokaut evaziga g‘alaba qozonishini taxmin qilmoqdaman. Imkoniyatlar 70/30! Albatta, bu shaxsiy fikr. Aslida nima bo‘lishini 2 iyun kuni bilib olamiz!
Ahmadbek ESHMATOV tayyorladi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Bayden hozircha Ukrainani NATOga taklif etishga chaqirmaslikka qaror qildi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Farg‘onada noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Beterbiyev—Bivol revansh jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi