date
views 163

Jud Bellingem YECHL finali haqida gapirdi

Jud Bellingem YECHL finali haqida gapirdi
Yevropa Chempionlar Ligasi finali oldidan "Real" futbolchisi Jud Bellingem o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Shunday o‘yinlar uchun ham "Real"da o‘ynayapman. Bu jamoa uchun maydonga tushishni, gollar urishni doim orzu qilganman.

"Real" doim YECHLni qo‘lga kiritishga intiladi. Men ham ushbu jamoa bilan kichik tarix yaratmoqchiman.

Bunday darajadagi o‘yinda qatnashish – men uchun o‘zgacha ahamiyatga ega. ammo emotsiyalarimni maydon tashqarisida qoldirishga harakat qilaman. Eng yuqori darajamni ko‘rsatishim shart. O‘z darajamizda o‘ynasak, boshqa jamoalarga qiyin bo‘ladi. O‘zimga 100% ishonmoqdaman
", - deydi Jud Bellingem.

Ma’lumot uchun, YECHL finalidan o‘rin olgan "Real Madrid" va "Borussiya D" o‘rtasidagi o‘yin 1 iyun kuni soat 23:59 da start oladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jud Bellingem YECHL finali haqida gapirdi